bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 85 foizi mamlakatimiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan 16 ta issiqlik elektr stansiyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Isiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi "Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati ular orasidagi otaxon korxonalardan biridir.

Keyingi paytda Energetika tizimidagi islohotlar ushbu stansiya faoliyatini yanada takomillashtirishga, uning quvvatini oshirib, uzluksiz va barqaror elektr energiya manbasini ishlab chiqarishga imkoniyat yaratgani nihoyatda quvonarlidir.

O‘zA muxbirining «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Qahramon G‘ANIEV bilan suhbati ushbu stansiya faoliyati, amalga oshirilgan investitsiya loyihalari va kelgusi rejalarga bag‘ishlandi.

– Dastlab stansiyamiz tarixi haqida to‘xtalsam, – dedi suhbat avvalida Qahramon G‘aniyev. – Yurtimizdagi yirik issiqlik elektr stansiyalari qatoriga kiruvchi ushbu inshoot qurilishi o‘tgan asrning 60 yillarida boshlangan. U 1963 yilning fevral-mart oylarida ekspluatatsiya qilingan bo‘lib, bunda unumdorligi soatiga 220 tonnadan bug‘ berish quvvatli ikki qozon va har biri 25 megavatt quvvatga ega ikkita turboagregat ishga tushirilgan edi.

Shu ma’noda aytadigan bo‘lsak, "Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati mintaqadagi sanoat korxonalari, kichik va o‘rta biznes sub’ektlari hamda ijtimoiy-maishiy iste’molchilarni elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlab beradigan asosiy manbadir.

Stansiya quvvatini oshirish maqsadida 2012 yilning to‘rtinchi choragida yana 478 MVt quvvatga ega bo‘lgan kombinatsiyalashgan siklli zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi. Bu esa stansiyaning quvvatini 1618 megavattga, issiqlik quvvatini soatiga 518 gigakaloriyaga oshirishga imkoniyat yaratdi.

O‘zining qariyb oltmish yillik faoliyati davomida stansiya katta tajriba to‘plagan. Bu yerda mehnat qilayotgan har bir ishchi-xodim ana shu ko‘p yillik an’anaga sodiq qolib, xalqimiz ehtiyojini qondirish yo‘lida sidqidildan mehnat qilib kelmoqda.

– Ta’kidlaganingizdek, stansiya imkoniyatini kengaytirish asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Aytingchi, keyingi yillarda qanday investitsiya loyihalari amalga oshirildi?

– Stansiya faoliyatini takomillashtirish uchun modernizatsiya va investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Negaki, bugungi kunda texnologiyalar rivojlanib bormoqda. Zamonaviy uskunalarning imkoniyati avvalgilaridan har jihatdan samarali bo‘lyapti. Bu kabi shiddatli o‘zgarishlar, albatta, tizim ishida katta qulaylik yaratadi.

O‘z navbatida, loyihalar stansiya imkoniyatini yanada kengaytirish hisobiga ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, zamonaviy energiya tejamkor uskunalarni joriy etish va ta’minotni barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

2017-2019 yillarda 450 megavatt quvvatli bug‘-gaz qurilmasi loyihasini amalga oshirilishi stansiyamiz uchun ana shunday qulayliklarni yaratdi. Umumiy qiymati 547,2 million dollarni tashkil etgan ushbu loyihaga ko‘ra, respublika energiya tizimining Samarqand – Buxoro bog‘lamida elektr ta’minotini barqarorlashtirish, tabiiy gazdan samarali foydalanish va tashqi muhitga zararli gazlar chiqarilishini kamaytirish ko‘zda tutilgan edi.

Bundan tashqari, ushbu loyihani amalga oshirish natijasida qo‘shimcha issiqlik energiyasi olinmoqda. Ya’ni, qurilmadan 200 gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

– Aytingchi, ushbu loyihalar tabiiy gazni tejash, iqtisodiy tejamkorlik va bandlik masalalariga yechim topishda amaliy samara berdimi?

– Albatta, har bir loyihada shu jihatlar inobatga olinadi. Raqamlar tahliliga e’tibor beraylik, dastlabki 478 MVt quvvatdagi qurilmaning ishga tushirilishi tufayli stansiyada yillik iqtisod qilib qolingan tabiiy gaz miqdori 350-400 million metr kubni tashkil etdi. 2013-2018 yillar mobaynida 2,3 milliard metr kub gaz tejab qolinib, 1 trillion so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.

Endi ikkinchi navbatdagi 450 MVt quvvatli qurilmaning ishga tushirilishi stansiya bo‘yicha ichki iste’molchilar uchun qo‘shimcha ravishda yiliga 3 milliard 276 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Loyihaning yana bir e’tiborga loyiq jihati shundaki, unda O‘zbekistonda birinchi bor texnik suv o‘rniga havo bilan sovutiladigan kondensator o‘rnatilgan.

Yangi qurilma 112 ta ish o‘rnini vujudga keltirdi. Yillik tabiiy gaz iqtisodi esa 500 million metr kubdir.

– Tatbiq etilishi ko‘zda tutilayotgan navbatdagi loyihalardan qanday natijalar kutilmoqda?

– Stansiya faoliyatini takomillashtirishda doim izlanishdamiz. Rahbariyat va ishchilar uchun ham shu tarixiy inshoot o‘z uyiga aylangan. Uning rivoji jamoaning yutug‘i hisoblanadi. Hamjihatlikda, birdamlikda ishlayotgan ishchi-xodimlarning xormay-tolmay ishlayotgani, ochig‘i, meni juda quvontiradi. O‘zim uchun ham bu stansiya nihoyatda qadrlidir.

Kelgusidagi rejalar yanada bisyor. 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan navbatdagi uchinchi va to‘rtinchi bug‘-gaz qurilmalari loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda. Xususan, loyihaning atrof-muhitga ta’siri masalalari majmui ekologik ekspertizadan o‘tkazilgan. Karmana va Navbahor tuman hokimliklari tomonidan ikki bug‘ gaz qurilma hamda navbatdagi ushbu energobloklar quvvatlarini uzatish maqsadida 220/500 kV kuchlanishli nimstansiya qurilishi uchun yer ajratilgan.

Shuningdek, har birining quvvati 650 MVt bo‘lgan navbatdagi uchinchi va to‘rtinchi investitsiya loyihalari tatbiq etiladi. Maqsad esa energetika ishlab chiqarish quvvatlari va 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirishdir. Bu imkoniyat Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan Qizilqumda aniqlangan o‘ttizga yaqin konning o‘zlashtirilishida elektr manbasi ehtiyojini qoplab beradi.

Bu kabi investitsiya loyihalar tufayli 2023 yilga kelib issiqlik elektr stansiyalarida gaz turbina qurilmalari va bug‘-gaz turbinali kombinatsiyalashgan siklli qurilmalar soni 21 tani tashkil etishi mo‘ljallanmoqda.

Yana bir muhim masala borki, bu – joriy etilayotgan yangi qurilmalar uchun ming nafardan ortiq malakali xodimni tayyorlash zarurati ham tug‘ilmoqda.

– "Navoiy IES"da bu kabi korxonalarda bo‘lmagan yana bir qulaylik bor. Bu – “Kelajak energetikasi» xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatidir. Ushbu o‘quv markazining tashkil etilishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?

– Yuqorida ta’kidlaganimdek, investitsiya loyihalarining hayotga tatbiq etilishi malakali xodimlarga katta ehtiyoj tug‘diradi. Asosiy sabab shu. Qolaversa, bugungi ehtiyoj va o‘zgarishlar ham har bir xodimni o‘z ustida ishlashga undaydi.

“Kelajak energetikasi» xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining tajribaviy faoliyati 2018 yil fevral oyida stansiyamiz huzurida boshlangan edi.

Markaz bevosita Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning moliyaviy va texnikaviy ko‘magida tashkil etildi. 2018 yilning oxirida dasturlarni to‘la o‘tgan 14 nafar instruktorga JICA ekspertlari tomonidan amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tish huquqini beruvchi sertifikatlar taqdim qilindi. 2019 yil iyul oyida o‘quv markaziga tijorat faoliyati olib borish uchun rasman litsenziya olindi.

Shu tariqa, markaz “Navoiy IES” AJ huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 22 noyabr kuni «2022 yil qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi o‘tkazilgan yig‘ilishning 52-sonli bayonining 9 bandiga asosan rasman tashkil etildi.

bugungi kunda ushbu o‘quv dargohi zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lib, uchta ma’ruzalar zali, uchta noyob o‘quv laboratoriyasi mavjud. Bu yerda 22 ta yo‘nalish birlamchi bo‘g‘in mutaxassislari, ham energetikaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarning kasbiy darajasini oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, qayta tayyorlash oylik kurslari doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy qismi «Navoiy IES» AJda faoliyat ko‘rsatayotgan sexlarda amaliy mashg‘ulotlar bilan uzviy bog‘liq holda olib borilmoqda.

Markaz faoliyati mobaynida 347 nafar xodim o‘z bilimini oshirgan bo‘lsa, ulardan 52 nafari joriy yilda malaka oshirgan tinglovchilardir.

Eng muhimi, markaz energotizim issiqlik elektr stansiyalari ehtiyojlari uchun xodimlar tayyorlashda ijobiy yechim topishga xizmat qilmoqda.

O‘zA muxbiri Nasiba ZIYODULLAEVA

suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Navoiy IES” AJ – Respublikada ilk bor texnik suv o‘rniga havo bilan sovutiladigan kondensatorga ega