Taniqli yozuvchi Isajon Sulton hazrat Alisher Navoiy haqida yangi roman yozdi. Adibning ushbu asari O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi «Ijod» jamoat fondi tomonidan nashr etildi.

Bir qaraganda Alisher Navoiy haqida xo‘p va ko‘p yozilgandek. Aslida ham shunday. Kitobga chiroyli so‘ngso‘z yozgan sevimli adibimiz Xayriddin Sulton ham asar mutolaasidan oldin ana shunday turli shubha-gumonlarga borganligi, Oybek domlaning mashhur «Navoiy» romani, Mirkarim Osim, Vohid Zohidov, Izzat Sulton, Aziz Qayumov, Suyuma G‘aniyevalarning bu borada qilgan ishlari, asarlari ko‘z o‘ngidan bir-bir o‘tganini aytadi va mutolaa jarayonida bu shubhalar tumandek tarqab ketganini ham qayd etadi.

Men Alisher Navoiy bobokalonimiz haqida asar bitgan bu ulug‘ so‘z ustalari safiga rahmatli kamtar va kamsuqum adibimiz Omon Muxtorni ham qo‘shgim keldi. Omon Muxtor Navoiy haqida uch mustaqil romandan iborat»trilogiya» yozgan edi. Ushbu «trilogiya»ning birinchi kitobi bo‘lmish «Ishq ahli» romaniga so‘zboshi yozgan atoqli adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonov Omon Muxtorning «Navoiysi»ga katta baho bergan edi.

Tabiiyki, Isajon Sultondek sinchkov adib Navoiy haqidagi barcha ilmiy, badiiy asarlarni obdon o‘rgangan va o‘z tasavvuridagi buyuk shoir obrazini yarata olgan. Bundan birinchilardan bo‘lib boxabar bo‘lgan atoqli adib Xayriddin Sulton so‘ngso‘z oxirida “...ushbu faromush fikrlarimdan muddao Sizni (Isajon Sultonni) mana shunday badiiy yetuk, muhtasham roman, ta’bir joiz bo‘lsa, go‘zal badiiy obida bilan muborak etmoq edi», deb yozadi.

Darhaqiqat, Alisher Navoiydek daho zot haqida yozish uchun har qanday ijodkorga xohish, istak, ilhomdan tashqari bu ulug‘ zotni yaxshi bilish ham muhimdirki, busiz har qanday Alisher Navoiy haqidagi asar kemtik bo‘lib qolgusidir.

Isajon Sultonning buyuk bobomiz haqida 500 sahifalik salmoqli roman yozib o‘quvchilariga tuhfa etishining o‘zi katta bir bayram. Bugun Ona tilimizga, uni hech bir tildan kam bo‘lmagan she’r tiliga aylantirgan zot – Alisher Navoiyga bo‘lgan hurmat, e’tibor o‘zgacha. Ana shunday muhim bir palla o‘zbek kitobxoni Isajon Sultonning Alisher Navoiy haqidagi yangi romanini zavq bilan qo‘lga olishi, sinchiklab o‘qishi, uqishi va baho berishi turgan gap.

Ishonchimiz komilki, adib yaratgan Navoiy obrazi bu Siz hurmatli o‘quvchi uchun ham aziz va qadrli bo‘lib qoladi.

Alisher NARZULLO, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy haqida yangi roman