O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Bugungi kunda Navoiy viloyatida iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sish sur’atlari hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, turizm, qishloq xo‘jaligi kabi sohalar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda.

Bu borada hududning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda oliy ta’lim tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash hamda Navoiy viloyati aholisi, avvalo, yoshlarining talab va istaklarini hisobga olib, ular uchun yanada keng imkoniyat va sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligining Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini (keyingi o‘rinlarda – Universitet) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

hududda soha va tarmoqlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda zamonaviy bilim va malakaga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;

zamonaviy o‘quv, ilmiy va IT-laboratoriya bazasini yaratish, ushbu laboratoriyalarni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini amalga oshirish;

talabalarni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarini joriy etish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish;

o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va usullarini joriy etish, shuningdek, talabalardamustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;

yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yo‘lga qo‘yish;

talaba-yoshlarda ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

a) Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishlarini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi;

b) Universitet Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga idoraviy jihatdan bo‘ysunadi hamda Navoiy davlat pedagogika institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

v) Universitetda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:

hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq ehtiyoj yuqori bo‘lgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;

dars mashg‘ulotlarini amaliyot bilan birga tashkil etish maqsadida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim jarayoni dual ta’lim shaklida yo‘lga qo‘yilib, korxona va tashkilotlarda kafedra filiallari tashkil etiladi hamda ta’lim jarayoniga uzoq yillik mehnat tajribasiga ega amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi;

yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha xorijiy davlatlar va respublikadagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan ikkita diplom berishga asoslangan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;

alohida guruhlarda bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim jarayoni xorijiy tillarda tashkil etiladi hamda ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlanadi.

4. Quyidagilar:

2024-2027 yillarda Navoiy davlat universitetini kompleks rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;

2026-2030 yillarda Navoiy davlat universitetining o‘quv va ilmiy laboratoriyalari moddiy-texnika bazasini yaratish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Belgilansinki, 2025 yil 1 yanvardan boshlab Universitetga akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik beriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–60-son hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarorlarida belgilangan tartiblar Universitetga tatbiq etiladi.

6. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi bilan birgalikda ikki oy muddatda Universitet faoliyatini takomillashtirish va ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Universitetda Transformatsiya markazini tashkil etsin.

Transformatsiya markazi quyidagi masalalar yuzasidan mas’ul etib belgilansin:

Universitetning ta’lim dasturlarini xalqaro ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish;

Universitetni dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;

Universitet ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda Universitet diplomlarining xorijda tan olinishiga erishish;

ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida Universitet o‘quv-uslubiy bo‘linma hamda dekanatlar shtatlarini maqbullashtirish hisobidan Registrator ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

Universitetning ta’lim, tadqiqot va axborot-kutubxona faoliyatlarini hamda boshqaruv jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.

7. Navoiy viloyati hokimligi:

Universitet talabalarining malakaviy amaliyotlari hududda joylashgan yirik korxona va tashkilotlarda tashkil etilishini ta’minlasin;

Universitet mutaxassislik kafedralarining mos yo‘nalishlari bo‘yicha mahalliy va xorijiy korxonalar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashsin;

mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan hududda joylashgan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun ctartap loyihalarni moliyalashtirishni yo‘lga qo‘ysin. Bunda asosiy yo‘nalish sifatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish belgilansin.

8. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

a) Universitet ilmiy salohiyatini oshirib borish chorasini ko‘rsin hamda uning xalqaro hamkorligini yo‘lga qo‘yishda, xususan, yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma ta’lim va xalqaro almashinuv dasturlarini joriy etish, xorijlik yetakchi professor-o‘qituvchilarni Universitetning ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga jalb etishga ko‘maklashsin;

b) 2025 yil 1 fevralga qadar:

Universitetda joriy etiladigan yangi ta’lim yo‘nalishlarini hisobga olgan holda uning tuzilmasi, shtat birliklari, fakultet va kafedralarini qayta ko‘rib chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin;

xorijiy talabalarni jalb etish maqsadida “Study in Uzbekistan” platformasida Universitet bo‘limini tashkil etsin va uni sifatli ma’lumotlar bilan to‘ldirsin;

v) 2025 yil 1 iyunga qadar Universitetda talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini ko‘chirmachilikka qarshi tekshirish (antiplagiat) mexanizmini joriy etsin.

9. Belgilansinki, Universitet faoliyatini moliyalashtirish:

Davlat byudjeti mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

2024 yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2025 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

10. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A.Sharipov hamda Navoiy viloyati hokimi N.T.Tursunov belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.K.Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

       Prezidenti                                                                                                             Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2024 yil 31 oktyabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida