Raqamli texnologiyalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va bir qancha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev Alisher Navoiy, uning hayoti va ijodi, asarlari haqida ma’lumot berish bilan birga,  to‘rt jildlik qomusning nashr etilishi adabiyotimizda, ilm-fanimizda, ulkan voqelik ekanini  ta’kidladi.

Shuningdek, raqamlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni alohida qayd etib, kelgusida Navoiy asarlarini ham raqamli ko‘rinishda tayyorlash, alohida veb-sayt hamda mobil ilovalarni yaratish orqali ularning yanada keng targ‘ib qilinishi muhim ahamiyatga egaligini va bu jarayonda vazirlik hamda uning tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilinishi zarurligini aytib o‘tdi.

Taqdimotda so‘zga chiqqan raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov Alisher Navoiy ijodini faqatgina navoiyshunoslar yoki adabiyotchilar emas, balki keng omma o‘rganishi maqsadga muvofiqligi, uning asarlarida bugungi kun jamiyat hayotiga, xususan, raqamli texnologiyalarga ham oid ma’lumotlar uchrashi haqida fikr bildirdi.  

“Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ga O‘zbekistonning 78 nafar taniqli navoiyshunos olimi, yosh tadqiqotchilar, shu bilan birga, turkiyalik va ozarbayjonlik olimlarning mavzu bo‘yicha maqolalari kiritilgan. Ushbu ensiklopediya O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1000 nusxada chop etildi.

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy asarlarini raqamli ko‘rinishda tayyorlash taklifi berildi