Namanganning “Navbahor” klubi rahbariyati O‘zbekiston Superligasi 22-turida “Buxoro” klubiga qarshi 5:0 hisobdagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Sergey Ivanovich Lushanni lavozimidan bo‘shatdi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 52 yoshli mutaxassis Sergey Lushan 2024 yilning yoz oyida Samvel Babayanning iste’fosidan so‘ng “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan. Shundan so‘ng, mamlakat kubogi finalda “Andijon” jamoasiga imkoniyat boy berilgan. 

Lushanning qo‘l ostida namanganliklar Superligada 35 o‘yinda maydonga tushib 16 g‘alaba, 9 durang va 10 mag‘lubiyat hamda O‘zbekiston kubogi doirasida 8 uchrashuvda bahs olib borib, 5 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyatni qayd etgan.

Shuni aytish joiz, Sergey Lushan Buxorodagi mag‘lubiyatdan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida o‘z futbolchilaridan norozi ekani va ayrim o‘yinchilarning maydondagi xatti-harakatlari shubhali tuyilgani haqida gapirgan.

Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, jamoa safida faoliyat olib borgan, keyinchalik klubning yoshlar (“U-21”) jamoasini boshqarib kelayotgan Sherzod Hamidovich Jo‘rayev “Navbahor”ning vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navbahor” bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi