NATOning barcha a’zolari yanada jipslashishga chaqirilmoqda
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron NATOning iyundagi sammiti oldidan alyansning barcha a’zolarini yanada jipslashishga chaqirdi.
“Biz NATOni kuchaytirishni istaymiz. Alyansning 14 iyunda Bryusselda boshlanuvchi navbatdagi sammiti yanada jipslashgan muhitda o‘tishi lozim. A’zolarning birdamligi, shunchaki, gap emas. Bu a’zolarning o‘zaro hurmatini, xalqaro huquq me’yorlariga nisbatan mas’uliyati va harakatlaridagi shaffoflikni anglatadi”, dedi u NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan Parijdagi Yelisey saroyidagi uchrashuvida.