NATO ustida "qora bulutlar"...
Prezident Donald Tramp Germaniyadagi harbiy qism rejadagidan ham ko‘proq qisqartirilishini aytdi. Bu bayonot Pentagon e’lon qilgan 5 000 askarni chaqirish qaroridan bir kun o‘tib yangradi va transatlantik munosabatdagi ziddiyatni yanada kuchaytirdi.
Pentagon fikricha, 6-12 oy davomida amalga oshiriladigan bu jarayon Fridrix Mersning AQSH va Isroilning Eronga qarshi harakati tanqid qilingan bayonotidan so‘ng boshlangan. Yodingizda bo‘lsa, Mers Vashingtonda ayni yo‘nalish bo‘yicha aniq strategiya, reja yo‘qligini ta’kidlagan edi.

Tramp esa qisqartirish sababini ochiqlamagan holda, bu kzlam muntazam kengayib borishini bildirdi. Ya’ni, AQSH Yevropadagi xavfsizlik majburiyatini qayta ko‘rib chiqmoqda. Ayni pozitsiya NATO doirasidagi hamkorlik istiqboliga oid savollarni ko‘paytirmoqda.
Germaniya Federativ Respublikasi mudofaa vaziri Boris Pistorius mazkur qarorni kutilgan holat sifatida baholab, endi Yevropa davlatlari o‘z mudofaasi uchun mas’uliyatni kuchaytirishi kerakligiga urg‘u bergan. Vashingtonda esa bunday qadamga nisbatan har ikki partiya vakillari tomonidan tanqid yangrab, mazkur tashabbusni Rossiya rahbari Vladimir Putin noto‘g‘ri tushunishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA