NATO Gruziya islohotlarining borishini kuzatadi
NATOga a’zo davlatlar Gruziyani qo‘llab-quvvatlashi uchun mamlakatda zarur islohotlarni amalga oshirishga e’tibor qaratilishi kerak. Bu haqda Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.
“Gap Gruziya kerakli islohotlarni amalga oshirayotgani hamda biz korrupsiya va xavfsizlik idoralarining jamoatchilik nazorati bo‘yicha bildirgan xavotirlarimizga javob berishi haqida ketmoqda. Tbilisi bu muammolarga qanchalik ko‘p e’tibor qaratsa, NATO ittifoqchilaridan zarur yordamni jalb qilish shunchalik oson bo‘ladi”, dedi u.
Gruziya 1990 yillarning oxiridan beri NATO bilan hamkorlik qilib keladi. 2002 yilda Prezidentlar Eduard Shevardnadze va keyinchalik Mixail Saakashvili mamlakatning NATOga a’zo bo‘lib kirishi istaklarini bildirgandilar.
O‘zA