Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 23-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Xorazm" klublari o‘zaro raqobatlashdi.

Ushbu turni boshlab bergan mazkur o‘yinning 45-daqiqasida "Xorazm" futbolchisi Shahrom Samiyev hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tib esa Sharof Muhiddinov gol urib, hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida Sherzod Nasrullayev "Nasaf" jamoasining ikkinchi goligi mualliflik qildi. Shu tariqa, o‘z maydonida 2:1 hisobida zafar quchgan "Nasaf" ochkolarini 52 taga yetkazib oldi va yetakchilikni mustahkamladi.

Bugun, 26 sentyabr kuni Superliganing 23-turi doirasida "Andijon" jamoasi "Bobur Arena" stadionida OKMK klubini qabul qiladi. Bellashuv 19:00da start olishi rejalashtirilgan. Darvoqe, uchrashuv mezboni ayni damda 22 ochko to‘plab, liga jadvalining 11-pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, OKMK 40 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Nasaf" Superligada ta’qibchilaridan o‘zib ketdi