“Nasaf” safarda durang o‘ynadi
Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etayotgan Qarshining “Nasaf” jamoasi uchinchi turda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ahli” klubi mehmoni bo‘ldi.
Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etayotgan Qarshining “Nasaf” jamoasi uchinchi turda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ahli” klubi mehmoni bo‘ldi.“D” guruhidan joy olgan jamoalar uchrashuvi keskin kurash ostida o‘tdi. O‘yinda 0:0 hisobida durang qayd etildi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi Eronning “Traktorsozi Tabriz” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Hozir “Nasaf” 4 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari to‘rtinchi tur uchrashuvini 7-aprel kuni o‘z maydonida Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ahli” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.