Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin “Bunyodkor“ va “Nasaf“ klublari o‘rtasida o‘tkazildi.

“JAR” stadioni mezbonlik qilgan mazkur o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgan. Uchrashuvdagi gollarga “Nasaf” klubidan Zoran Marushich, Marko Stanoyevich, "Bunyodkor”dan esa Luis Kachorri va Usmonali Ismonaliyev mualliflik qildi.

Shu tariqa, 20 tur bahslari yakunlandi va musobaqa jadvalida “Nasaf” 45 ochko bilan karvonboshilik qilishda davom etmoqda. Qarshi jamoasining eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan “OKMK” esa 38 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotir. Uchinchi o‘rinda borayotgan “So‘g‘diyona” hisobida esa 35 ochko mavjud bo‘lsa, “Paxtakor” 32 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onaga joylashdi. “Neftchi” esa 29 ochko bilan kuchli beshlikni yakunladi.

“Navbahor” o‘z uyidagi kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng 26 ochko bilan oltinchi pog‘onada qoldi. Biroq, ushbu jamoaga “Dinamo” klubi ochkolar bo‘yicha yetib oldi. Faqatgina Samarqand sharafini himoya qilayotgan jamoa Namangan klubidan gollar nisbatiga ko‘ra ortda qolmoqda. Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, aynan “Dinamo” va “Navbahor” Superliganing 14 turda to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq mazkur o‘rin boshqa muddatga qoldirildi. Buning natijasida ular boshqa jamoalardan bitta o‘yin kam o‘tkazmoqda.

Milliy chempionatimizda “Surxon” 25, Qizilqum 23 ochko bilan 8-9 o‘rinlardan joy olgan bo‘lsa, “Andijon” va “Olimpik” bir xil 21 ochko jamg‘arib 10-11 pog‘onaga joylashdi. Bu turdan so‘ng “Bunyodkor” 19, “Lokomotiv” 18, “Metallurg” 14 ochko bilan quyi pog‘onadan o‘rin oldi.

Hozirda “Paxtakor” jamoasi sardori Dragan Cheran va “So‘g‘diyona” jamoasi a’zosi Lyupcho Doriyev 10 ta gol bilan Superliga to‘purarlar jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Ularni “Dinamo” a’zosi Anvarjon Hojimirzayev 9 ta gol bilan ta’qib qilmoqda.

Darvoqe, 20 turda vodiy derbisi deya e’tirof etilgan “Andijon” – “Neftchi” uchrashuvini kuzatish uchun “Bobur arena”ga 13 ming 262 nafar muxlis tashrif buyurdi. Jami uchrashuvga kelgan muxlislar soni esa 27 ming 261 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Superligasining 21 tur uchrashuvlari 6-21 oktyabr kunlari o‘tkaziladi. Unda “Paxtakor” – “Dinamo”, “Nasaf”,– “Surxon”, “Lokomotiv” – “Bunyodkor”, “Metallurg” – “Andijon”, “Neftchi” – “Navbahor”, “Olimpik” – “Qizilqum”, “So‘g‘diyona“ –“OKMK” bahslari bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nasaf” bu turda ochko yo‘qotdi