Narpay Samarqand viloyatining asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan tumanlaridan biri hisoblanadi. Narpayliklar paxta va g‘allachilikda boy tajribaga ega hisoblanadi. Ammo bugun faqat agrar soha bilan hududni rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish qiyin. Qolaversa, aholi sonining yil sayin oshib borayotgani, shuning barobarida ularning ehtiyojlari ham ko‘payayotgani ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini taraqqiy ettirish, yangi ish o‘rinlari yaratishni taqozo etmoqda. Shu bois keyingi yillarda tumanda sanoat va ishlab chiqarishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Bugungi kunda tumanimizda 170 dan ortiq katta-kichik sanoat korxonasi faoliyat olib bormoqda, – deydi Narpay tumani hokimi Sherzod Rahmonov. – Ular tomonidan bu yil 867 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Albatta, bu katta raqam emas, lekin yil sayin salohiyatni oshirib borish, korxonalarni kengaytirish va ishlab chiqarishni ko‘paytirishni maqsad qilganmiz. Iqtisodiyotimizning ertasi, xalqimiz turmush darajasini oshirishning asosiy omili sanoat bilan bog‘liq. Yillik va uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturlarimizda ham bu ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Birgina shu yilning o‘zida sanoat sohasida 25 ta yangi loyiha amalga oshirildi. Jumladan, “NBA Allians” MCHJtomonidan 200 milliard so‘mlik, “Humo agro Platinum” fermer xo‘jaligi 60 milliard so‘mlik, “Narpay Samarqand savdo” MCHJ esa 10 milliard so‘mlik loyihalarni ishga tushirdi. Yil yakuniga qadar yana 20 dan ortiq sanoat korxonasi faoliyat boshlashi kutilmoqda.  

Hududlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda kichik sanoat zonalarining ahamiyati oshib bormoqda. Bu maskanlarda zarur infratuzilmaning davlat tomonidan yaratib berilayotgani yana boshqa bir qator imtiyoz va imkoniyatlar tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Narpayda ham hozir 5 ta kichik sanoat hududi, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi filiali hamda yoshlar tadbirkorlik sanoat zonasi tashkil etilgan.   

Ushbu sanoat zonalarida “Osiyo Maroqand”, “Zirabuloq qurilish maskani”, “Koinot baraka servis”, “Narpay ezgu mebel” korxonalari tomonidan omuxta yem, bir necha turdagi qurilish materiallari, termoplastinkali yelim, zamonaviy mebel jihozlari ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek,  “Saxovat agro eksport”, “Elegant baraka kompleks” korxonalari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanib, ichki bozorga chiqarilmoqda.

Ayni paytda tadbirkorlar tomonidan yana bir qancha yangi sanoat ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Jumladan, “Osiyo Maroqand” MCHJ muzlatkichli omborxonalar qurish loyihasini amalga oshirmoqda. “Oqtosh ideal ganch” va “Islomsher stroy montaj” xususiy korxonalari qurilish uchun quruq qorishmalar, beton mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish harakatida. “Narpay dizayn qurilish”, “Nozanin nur asl mebel”, “Poytaxt best stroy”, “Narpay Ma’ruf qoplari” korxonalari ham yil yakuniga qadar bir qator yangi loyihalarni ishga tushiradi.

Narpay tumanini rivojlantirish va aholini kambag‘allikdan chiqarishda Xitoyning Shandun provinsiyasi tajribasi qo‘llanilmoqda. Mazkur provinsiya Xitoyning yirik ishlab chiqarish, savdo va sanoat rivojlangan mintaqalaridan biri hisoblanadi. Uning yillik yalpi hududiy mahsuloti hajmi 1 trillion 300 milliard AQSH dollarini tashkil etadi va Xitoy mintaqalari orasida uchinchi o‘rinda turadi.

Shu yilning sentyabr oyida Shandun provinsiyasi rahbariyati va tadbirkorlari Samarqandda bo‘lib, hamkorlikda yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishga kelishib olgan edi. Ushbu kelishuvlarni hayotga tatbiq etish maqsadida yaqinda Samarqand viloyati delegatsiyasi tarkibida  Narpay tumani hokimi va bir guruh tadbirkorlar Shandunda bo‘ldi.

– Safarimiz davomida bir qator yirik kompaniyalar faoliyati bilan tanishib, hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishdik, – deydi tuman hokimi Sherzod Rahmonov. – Jumladan, dunyodagi 500 yirik korxona ro‘yxatida turuvchi, tungi yoritkichlar, quyosh panellari, LED displey hamda reklama qurilmalari ishlab chiqaruvchi “Tianjin Sulture Media So. , Ltd.” kompaniyasi  rahbari Zechun Li bilan qiymati 5 million dollarlik yangi investitsion kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, mazkur kompaniya tumanimizda tibbiy jihozlar, yengil konstruksiyali uy-joy maketlari ishlab chiqarish va o‘rnatish hamda qadoqlovchi sex faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, LED lampalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, elektr skuterlar, maishiy texnika jihozlari va dvigatellar ishlab chiqariladi. Shandunga 11 nafar yetakchi tadbirkor bilan borgandik. Ular xitoyliklar bilan hamkorlikda 9 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bu loyihalarga 30 million dollar investitsiya kiritilishi kutilyapti. Shuningdek, tadbirkorlarimizning o‘z mablag‘i hamda bank kreditlari hisobidan jami 50 million dollarlik loyihalar yaqin 3 yillikda amalga oshiriladi. Buning natijasida 500 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratiladi.  Tumanimiz ishbilarmonlari yana bir xitoylik tadbirkor bilan hamkorlikda mosh yetishtirish, shuningdek, boshqa tuman va viloyatlardan bu mahsulotni yig‘ish bilan shug‘ullanyapti. Uni qadoqlab, Xitoyga eksport qilish bo‘yicha ham rejalarimiz bor.

G‘.Hasanov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narpayda Xitoy tajribasidan foydalanilmoqda