BMTning Jinoyatchilik va narkotiklarga qarshi kurashish boshqarmasining tadqiqotiga koʻra, 2018-yilda Afgʻonistonda koʻknori ekib yetishtiriladigan maydonlar 263 ming gektarni tashkil etib, 6,4 ming tonna opiy ishlab chiqarilgan.

Bu raqamlar zamirida nimalar yotibdi? Millionlab giyohvandlar, hayotda oʻz yoʻlini yoʻqotgan odamlar, qayerga bosh urishni bilmayotgan yoshlar, yanada ayanchlisi zahri qotildan koʻz yumayotgan insonlar... Bularni tasavvur qilishning oʻzi dahshat.

Shu jihatdan giyohvandlik va narkotrafikka qarshi kurashish dolzarbligicha qolmoqda.

Toshkentda Yaqin va Oʻrta Sharqda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan yirik anjuman bu borada yangi amaliy choralarni koʻrishni maqsad qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Yaqin va Oʻrta Sharqda giyohvand moddalar savdosi boʻyicha quyi komissiyaning 54-sessiyasi 27-sentyabrgacha davom etadi. (Mazkur quyi komissiya BMT Giyohvand moddalar boʻyicha komissiyaning rezolyutsiyasi va EKOSOS kengashining rezolyutsiyasiga muvofiq 1973-yilda tashkil etilgan).

Keng formatli tadbir BMTning Jinoyatchilik va narkotiklarga qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi tashkilotchiligida oʻtmoqda.

Toshkentdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida 23-sentyabr kuni oʻz ishini boshlagan sessiyada Afgʻoniston, Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Germaniya, Hindiston, Italiya, Eron, Qozogʻiston, Kuvayt, Qirgʻiziston, Livan, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaman kabi davlatlardan vakillar, xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirok etmoqda.

Tadbirning birinchi ish kunida giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishda mintaqaviy va quyi mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati muhokama qilingan boʻlsa, ikkinchi kunida sessiya ishtirokchilari boʻlgan davlatlar vakillari oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Jumladan, Oʻzbekistonda narkovaziyatga xos epidemiologik koʻrsatkichlarda bir necha yillardan buyon ijobiy tendensiyalar davom etmoqda. Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq jinoyatlar soni yil sayin kamayib bormoqda. Huquq-tartibot idoralari tomonidan 2018-yilda musodara qilingan narkotik vositalarning miqdori 41,2 foizga kamayib, 1,17 tonnani tashkil etgan.

Sudlar tomonidan 2018-yil mobaynida narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq jami 2 ming 876 jinoyat ishi koʻrilib, 3 ming 691 shaxsga nisbatan tegishli jazo choralari qoʻllanilgan.

“Qora dori“ keng qamrovli tadbiri davomida koʻknori va nasha oʻsimliklari ekilishi barvaqt aniqlanib, ularni yoʻq qilish choralari koʻrilayotir.

Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida ikki va koʻp tomonlama hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda. BMTning mintaqaviy loyihalari muvofiqlashtirilib, chegara hududlarda joylashgan nazorat punktlarini modernizatsiya qilish va qoʻshimcha uskunalar bilan jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Tadbir doirasida giyohvandlikka qarshi kurashishda tezkor maʼlumot almashishni yanada kengaytirish boʻyicha fikr almashildi. Chunki narkotiklarning noqonuniy aylanmasi bir mamlakat yoki hudud bilan chegaralanib qolayotgani yoʻq. Narkotik moddalar yetishtiruvchilar va ularni tarqatuvchilar, sotuvchilar haqida keng tarmoqli axborot bazalarining yaratilishi ularga qarshi kurashishni yengillashtiradi. Bu xalqaro hamkorlikka asoslangan kurash boʻlsa, uning natijasi yanada samaraliroq boʻladi.

Ana shu xayrli maqsadni oldiga qoʻygan Toshkent anjumani davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narkotrafikka qarshi keng formatdagi xalqaro anjuman davom etmoqda
Жамият
18:18 / 24:09:2019