«Napoli» Antonio Konteni Italiya terma jamoasi uchun qo'yib yuborishga tayyor
Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganidan so‘ng, mahalliy matbuotda uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar qizg‘in muhokama qilinmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, asosiy da’vogarlardan biri «Napoli» ustozi Antonio Konte hisoblanadi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Konte milliy terma jamoada ishlashga qarshi emas. Shuningdek, neapolliklar rahbariyati 56 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallanganiga qaramay, uni qo‘yib yuborishga rozi ekanligi qayd etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar ketma-ket uchinchi bor jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Yaqinda terma jamoa pley-off uchrashuvida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy bergan edi.