Namunaviy xavfsiz ko‘cha va yo‘laklar
Sirdaryo viloyatida aholining xavfsizligini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ayniqsa ijtimoiy soha ob’ektlari, umumta’lim maktablari atrofida “namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “namunaviy xavfsiz yo‘lak” loyihasi asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu tashabbusdan Sardoba tumani aholisi ham juda mamnun. Mazkur loyihaga ko‘ra, yo‘llardagi harakat aniq tartibdagi belgilar bilan jihozlanadi. Haydovchilar va piyodalar uchun xavfsiz harakat qilish qoidalari belgilab qo‘yiladi. Qolaversa, yo‘laklarni qurilishida zamonaviy texnologiyalar qo‘llaniladi.

–Bilasizmi “Namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “Namunaviy xavfsiz yo‘lak”larning qulay tomonlari ko‘p, – deydi Sardoba tumani "Sharafli yo‘l" gazetasi bosh muharriri Suyun Namozov. –Ayniqsa, yo‘l harakati ishtirokchisi uchun xavfsiz muhit yaratadi, turli yo‘l hodisalarining oldini oladi.


Tuman byudjeti hisobidan amalga oshirilayotgan ushbu yumushlarni tuman obodonlashtirish bo‘limi xodimlari bajarmoqda.
G‘ulom PRIMOV,
O‘zA muxbiri