Namibiyaning asoschisi 95 yoshida vafot etdi
Namibiya mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda demokratiya yo‘li bilan saylangan ilk Prezident Sem Nujoma bu dunyoni tark etdi, deb yozdi "Arab news".
Nujoma 1990 yil 21 martda Afrika janubidagi aholi gavjum davlatni boshqarishga kirishgan va parlamentning 2005 yildagi qarori bilan rasman “Namibiya xalqi asoschisi” sifatida tan olingan.
– Namibiya Respublikasining poydevori silkindi, – deyilgan bayonotda. – Hurmatli yo‘lboshchimiz doktor Nujoma nafaqat ozodlik sari yo‘l ochdi, balki bizni oyoqqa turish va ajdodlarimizning bepoyon zaminini egallashga ilhomlantirdi.
Afrika Ittifoqi komissiyasi raisi Muso Fakiy Muhammad marhumni qit’aning "eng taniqli inqilobiy yetakchilaridan biri va jasorat timsoli" deya sharafladi.