Xalqimizning xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashga davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida katta e’tibor qaratilayotgani barcha sohalarda erishilayotgan natijalarda o‘z ifodasini topmoqda.

Yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyilini hayotimizga tatbiq etishga qaratilgan islohotlar, xususan, iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida so‘nggi besh yilda Namangan viloyatida yalpi hududiy mahsulot hajmi ikki barobarga, ya’ni 28,1 trillion so‘mdan 68,9 trillion so‘mga oshdi. 

Bugungi kunda eng muhim masalalardan biri aholi daromadini oshirish orqali kambag‘allik, ishsizlik va migratsiyani qisqartirishdir. 2022 yilda viloyatda 104,5 ming kambag‘al oila bo‘lib, kambag‘allik darajasi 15,7 foizni tashkil etgandi. Hozirga kelib, aholi daromadlarini oshirish orqali kambag‘al oilalar soni 48,5 ming nafarga yoki kambag‘allik darajasi 7,8 foizga tushirildi. Hozirda viloyat aholisi soni 3 million 144 ming 800 nafarni tashkid etib, shundan 1 million 243 ming nafari ish bilan band.

Viloyatning investitsion jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish maqsadida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bundan besh yil ilgari 216 million dollar sarmoya o‘zlashtirilgan bo‘lsa, o‘tgan yil yakuni bilan 3 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etildi.

Masalan, Chust tumanida “Siberian Wellnes Namangan” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan qiymati 60 million dollarga teng pektin mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirishda Rossiya Federatsiyaning “Siberian Wellness” kompaniyasi tomonidan 25,8 million dollar, “Chust Aynur Ip” xorijiy korxonasi tomonidan qiymati 30 million dollarlik akril xomashyodan ip-kalava ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini bajarish hisobiga 12 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya yo‘naltirildi.

Aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikamizda birinchi bo‘lib “Namangan tajribasi” sifatida tashkil qilingan kichik sanoat zonalari o‘zini to‘laqonli oqlamoqda. 2020 yilda bo‘sh va foydalanilmay kelinayotgan 166 gektar yer maydonlarida 13 ta sanoat zonasi barpo qilinib, ularga 3,7 trillion so‘m qiymatdagi 280 ta tadbirkorlik sub’ekti joylashtirilgan. 2020-2024 yillar davomida bo‘sh turgan 656 gektar yer maydonida 59 ta qo‘shimcha sanoat zonasi tashkil etilib, ularning soni 72 taga yetkazildi. Mazkur hududlarga 8,8 trillion so‘m qiymatdagi 1 ming 285 ta tadbirkorlik sub’ekti joylashtirilib 979 ta loyiha to‘la quvvatda ishga tushirildi. 

Aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish bo‘yicha infratuzilmani rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, 2020-2024 yillarda barcha maqsadli davlat dasturlari doirasida hududlarda mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 7 ming 266 ta ob’ektda qurilish-ta’mirlash, jihozlash va obodonlashtirish ishlariga 9 trillion 312,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 

Jumladan, 997,4 kilometr umum-foydalanuvdagi yo‘llar asfaltlandi hamda 37 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurildi. Viloyat bo‘yicha 4 trillion so‘m mablag‘ evaziga 5035 kilometr ichki yo‘llar asfaltlanishi natijasida 71 foiz ichki yo‘llarning holati yaxshilanib, 1 ming 680 mingdan ziyod aholiga qulayliklar yaratildi.

“OPEK” jamg‘armasi ishtirokidagi “Namangan viloyatining Zarkent, Xodikent, Iskovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrining suv ta’minotini yaxshilash” loyihasi bo‘yicha 54 million dollar jalb etish hisobiga viloyatda 6 ta suv taqsimlash inshooti, 12 ta suv qudug‘i hamda 475 kilometr suv tarmog‘i qurilib, rekonstruksiya  qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida hamda davlatimiz rahbarining farmon va qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar, viloyatning mavjud salohiyati hamda ichki imkoniyat va zaxiralari qayta hisob-kitob qilingan. 

Dasturga asosan, viloyat iqtisodiyoti 2029 yilga borib, 2024 yilga (68,9 trillion so‘m) nisbatan ikki barobarga (129,5 trillion so‘m) oshiriladi. Bunda yalpi hududiy mahsulot hajmi aholi jon boshiga 21,5 million so‘mdan 37,8 million so‘mga yetkaziladi.

Bugungi kunda viloyatdagi 788 mahallaning 77 tasi sanoat, 102 tasi savdo va xizmat ko‘rsatish, 35 tasi hunarmandchilik, 298 tasi dehqonchilik, 151 tasi chorvachilik, 50 tasi issiqxona va 75 tasi boshqa sohalarda drayver yo‘nalishlariga ixtisoslashgan holda yaratuvchanlik ishlari bilan band. Kelgusi yillarda mahallalarning asosiy va qo‘shimcha drayver yo‘nalishlarini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. 

Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish borasida tijorat banklari tomonidan 2025-2029 yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari asosida 2,9 trillion so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratiladi. 3,8 trillion so‘mlik 113 ming 120 ta mikroloyiha moliyalashtirilishi natijasida 271 mingdan ziyod aholi bandligi ta’minlanadi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Angren-To‘raqo‘rg‘on yo‘nalishida 100 kilometr masofada yo‘lbo‘yi infratuzilmasini tartibli tashkil qilish bo‘yicha berilgan topshirig‘iga asosan, “master-reja” ishlab chiqilmoqda. Unga asosan birinchi bosqichda qiymati 186 million dollarlik servis hamda maishiy xizmat ko‘rsatish loyihalari amalga oshiriladi. Shu bilan birga, shahar va tumanlarda jami 48 ta tunu kun faoliyat yurituvchi maxsus xizmat ko‘rsatish ko‘chalari tashkil etish orqali 5 mingta savdo va servis ob’ektining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyatning investitsion jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish borasida 14,7 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, To‘raqo‘rg‘on tumani Ibrat massividagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytirildi. Bu yerda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 22 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 14 mingta ish o‘rni ochiladi. 

Shuningdek, xitoylik hamkorlar bilan birgalikda “Uchqo‘rg‘on-Kensay” bojxona posti yonida umumiy qiymati 150 million dollar bo‘lgan yirik “Erkin savdo zonasi” tashkil etiladi. Sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida qiymati 1,3 milliard dollar bo‘lgan to‘rtta yirik strategik ahamiyatga ega loyiha, shu jumladan, Pop tumanida umumiy qiymati 850 million dollarlik quvvati 1 000 megavatt bo‘lgan ikkita yirik quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. 

Aholini uy-joy bilan ta’minlash va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirgan holda yo‘l sohasida 1 294,6 kilometr umum-foydalanuvdagi yo‘llar va 3360,7 kilometr ichki yo‘llar asfaltlanadi hamda 58 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgich quriladi. Jumladan, qiymati 185 milliard so‘mlik loyiha asosida Uychi tumani orqali Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini bog‘lovchi yangi yo‘l hamda Norin daryosi ustida yangi ko‘prik quriladi. 

Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha 509 kilometr uzunlikdagi suv tarmoqlari hamda 40 ta suv inshooti quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Natijada aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 84,9 foizdan 90,0 foizga yetkaziladi. Shuningdek, elektr sohasida 4 ming 931 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 1337 ta transformator punkti rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi.

E’tirof etish joiz, Namangan shahri aholisi soni jihatidan “Bir millionlik shahar” maqomini olganidan kelib chiqib, mamlakatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan “Yangi Namangan” shaharchasi bunyod etilmoqda. Shaharcha hududida 721 ta turarjoy ob’ektida jami 50 mingdan ortiq xonadon, 28 ta maktab, 24 ta bolalar bog‘chasi, 5 ta shifoxona, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi, biznes-markazlar, kinoteatr, madaniyat markazi, mehmonxona, “IT” park, san’at galereyasi kabi ob’ektlarni barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Shaharcha hududida 93 milliard so‘m hisobiga 58 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” ham foydalanishga topshirildi. 

Shavkat Abdurazzoqov,

Namangan viloyat  hokimi, 

O‘zbekiston Respublikasi  Oliy  Majlis

 Senati a’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganning iqtisodiyoti  jadal rivojlanmoqda