Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimi keskin o‘sishi uchun transport sohasida imkoniyatlar to‘liq ishga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Transport vazirligiga bayram kunlari avia va temir yo‘l reyslari sonini 2 barobar oshirish, Namangan yoki Farg‘onaga uchish grafigini qayta ko‘rib chiqib, vodiyga har kuni bo‘ladigan avia reyslarni ko‘paytirish topshirildi.
Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Namanganni Buxoro va Samarqand bilan bog‘lovchi temir yo‘l reyslari, “Namangan – Pop – Chodak” yo‘nalishida har kuni ekspress yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA