Namanganlik yoshlar muvaffaqiyati
Festival gʻolibi Ahrormirza Rahmonov joriy yil soʻnggida Ispaniyada oʻtkaziladigan tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etadi.
“World Art Games” shiori ostida oʻtkazilgan va dunyoning 120 davlatidan iqtidorli yoshlar ishtirok etgan mazkur tanlovda Namangan shahridagi 1-Davlat ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabining 7-sinf oʻquvchisi Ahrormirza Rahmonov 13-15 yosh toifasida skripka hamda fortepiano yoʻnalishlarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, ijro mahorati borasida Namangan shahridagi 52-umumtaʼlim maktabining 6-sinf oʻquvchisi Sevara Umataliyeva fortepiano yoʻnalishida, uning ukasi, shu maktabning 4-sinf oʻquvchisi Otabek Umataliyev esa xalq cholgʻulari prima-rubob yoʻnalishida 10-12 yoshli tengdoshlari orasida ikkinchi oʻringa sazovor boʻldi.


Festival gʻolibi Ahrormirza Rahmonov joriy yil soʻnggida Ispaniyada oʻtkaziladigan tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etadi.
Barcha gʻoliblar Namangan shahridagi 11-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilaridir, deb xabar beradi viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati.