Futbol – millionlar o‘yini. Bu haqiqatda bor gap. Sportning bu turiga qiziqmagan, muxlis bo‘lmagan inson bo‘lmasa kerak. Keyingi yillarda futbol maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarni kuzatsangiz muxlislar va sharhlovchilar tomonidan o‘zbek futboliga bo‘layotgan maqtovlar takror va takror tilga olinmoqda.

Jumladan, o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogini qo‘lga kiritgan yurtimiz terma jamoasi yana bir bor dunyo sport jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘ldi. 

Millat qahramonlarining ushbu salmoqli muvaffaqiyatida Namangan futboli tarbiyalanuvchilari kosonsoylik mahoratli himoyachi, terma jamoa sardori Mo‘minxon Bahodirxonov hamda norinlik iqtidorli himoyachi Hojiakbar Botiraliyevning ham munosib hissasi bor. E’tirof etish joiz, mamlakatimiz o‘smirlar terma jamoasi a’zolari Prezidentimiz farmoniga asosan davlat mukofotlari va avtomashinalar bilan taqdirlandi. Jumladan, Mo‘minxon Bahodirxonov va Hojiakbar Botiraliyev ham “Kobalt” avtomobili hamda “Kelajak bunyodkori” medaliga munosib ko‘rildi. 

Mo‘minxon Bahodirov 2008 yilda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan. Unga birinchi murabbiyi Shodmonxon Mamatov futbol sirlarini o‘rgatgan, keyinchalik namanganlik sportchi Odil Ahmedov asos solgan Toshkentdagi futbol akademiyasida shug‘ullangan. Ayni vaqtda u “Paxtakor” jamoasi a’zosi. Mo‘minxonni o‘zi tug‘ilib o‘sgan xonadonida Kosonsoy tumani hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari, nuroniylar va faol yoshlar tantanali kutib oldi. Tuman hokimi Dilmurod Qodirov tabrik so‘zida elimizga shunday zabardast o‘g‘lon, mohir sportchini tarbiyalagan ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi. 

Norin tumanida tug‘ilgan, ayni paytda Davlatobod tumanida istiqomat qilayotgan Hojiakbar Botiraliyev tuman hokimligi, nuroniylar, yoshlar va keng sport jamoatchiligi vakillari tomonidan o‘zgacha shodlik bilan qarshi olindi. Namangan futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi Hojiakbar hozirda Davlatobod tumanidagi 56-sonli umumta’lim maktabining faol o‘quvchilaridan. U “Namangan FA” futbol jamoasining tarkibida himoya chizig‘ida to‘p suradi. Uning birinchi murabbiylari Muhammadjon Nuriddinov, Dilmurod Mamadaliyev millionlar o‘yiniga oshno etgan. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda yosh avlodning jismoniy va ma’naviy kamoli, shu jumladan, sportga jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotgani va mashg‘ulotlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotganligini ta’kidladi. 

O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy natijasida nafaqat futbolchilar, balki ularni kamolga yetkazgan ota-onalari va murabbiylari hamda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport, ayniqsa, millionlar o‘yinini rivojlantirish borasida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar alohida ahamiyat kasb etadi. 

Ushbu g‘alaba barchaga, qolaversa o‘sib kelayotgan o‘quvchilar, futbolga mehr qo‘ygan bolalarga o‘ziga xos motivatsiya beradi va yana ko‘plab chempionlar yetishib chiqishi zamin yaratadi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik Osiyo chempionlari sharaflandi