Yurtimizdagi umumta’lim maktablarida zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘qitishning izchil yo‘lga qo‘yilishi yosh avlod vakillarining “IT” sohasiga qiziqishini oshirish va bu orqali jahonga chiqishlarida muhim omil bo‘lmoqda.

Xususan, Namangan viloyatidagi ta’lim dargohlari o‘quvchilari orasida “IT” va “kreativ industriya” ga hamohang grafik dizayn, dasturlar va saytlar yaratish, ularni takomillashtirish ustida ishlayotgan iste’dod sohiblari bisyor. Ana shunday iqtidor egalaridan biri Azizbek Yoqubjonov bo‘lib, u bugungi kunda Namangan shahridagi 34-sonli umumta’lim maktabining 10-sinfida tahsil oladi.  

Ikki yildan buyon grafik dizayn hamda “3D-modeling” bilan professional darajada shug‘ullanayotgan bu o‘quvchi salmoqli yutuqlarga erishmoqda. Hozirga qadar uch yuzdan ziyod loyihalar bo‘yicha ish olib borgan Azizbekning yaratgan uy ishlari, zamonaviy jismlarning “3D” modellari ayni paytgacha AQSH, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlarga sotilgan. Doimiy professional faoliyat va o‘z ustida tinimsiz ishlash natijasida u ayni paytda oyiga o‘rtacha 500 dollargacha daromad topmoqda.  

– Har bir loyihani tayyorlash ish ko‘lamiga qarab bir kundan bir haftagacha vaqtni taqozo etadi, – deydi Azizbek Yoqubjonov. – Loyihalar ijrosida Germaniya va Yaponiya bilan hamkorlik qilayotgan “United it clubs” markazida o‘zim singari yoshlar bilan birgalikdagi izlanishlarimiz o‘z mevasini beryapti.  

Axborot texnologiyalariga astoydil qiziqqan Shohruh Ortiqmashrabov esa Namangan shahridagi 6-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qiydi. bugungi kunda “Fluggi it” o‘quv markazida grafik dizayn bilan shug‘ullanayotgan zukko o‘quvchi ellikdan ortiq mualliflik loyihalarini AQSH va Yevropa davlatlariga realizatsiya qilgan. U grafik dizayn, dasturlash va marketing yo‘nalishlarida ish olib boradi. Shohruhning o‘quv markazida tengdoshlari bilan birgalikda jamoaviy tarzda tayyorlagan loyihalarining har biri 25 dollardan 3 ming dollargacha baholanmoqda. Ular orasida bir qator xorijiy kompaniyalarning logotip va bannerlari, mamlakatimizdagi nufuzli brendlarning veb-saytlari bor.  

Mazkur loyihalarni tayyorlash murakkabligi va qamroviga ko‘ra uch kundan olti oygacha fursatni oladi. Shohruh va uning do‘stlariga shu kunlarda veb-saytlar dizayni hamda logotiplar tayyorlash bo‘yicha AQSH va Argentinadan takliflar kelib tushmoqda. Ta’kidlash kerakki, Namangan viloyatida axborot texnologiyalari jabhasida faoliyat olib borayotgan 130 dan ortiq sub’ektlar tomonidan o‘tgan yilning o‘zida 26,2 milliard so‘mlik dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilib, xizmatlar ko‘rsatildi. Rezidentlar tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi esa 515 ming AQSH dollardan oshdi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik o‘quvchi oyiga 500 dollar daromad topmoqda