Prezident qarori – amalda

Bugungi kunda mamlakatimizda global taraqqiyotda muhim o‘rin tutayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish, sohaga yoshlarni keng jalb qilish, yuqori malakali milliy mutaxassislar tayyorlash yo‘lida imkoniyatlar kengaymoqda. 

Namangan shahri markazida barpo etilgan zamonaviy “IT park”ning foydalanishga topshirilishi fikrimiz dalilidir. 

Majmuaning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Prezidentimizning viloyatga tashrifidan keyin amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga e’tibor qaratib, kelajak kasbi sanalgan “IT” yo‘nalishi bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar haqida gapirdi. 

Namangan viloyatida raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar natijasida “IT park” rezidentlari soni 2023-yilga nisbatan 24 taga ko‘payib, hozir 42 taga yetdi. Ulardan 11 tasi eksportyor korxona bo‘lib, 18 tasi raqamli ta’lim yo‘nalishida va to‘qqiztasi mahalliy bozorga axborot texnologiyalari xizmati ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda. Mazkur dasturchilar tomonidan o‘tgan yili 47,9 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, buning hajmi avvalgi yilga nisbatan 5,7 barobarga oshdi. Quvonarlisi, 2023-yilda 2,41 million dollarlik xizmatlar eksport qilinib, bu ko‘rsatkich ilgari yilga nisbatan 4,6 barobarga ortdi. Shuningdek, hududlarda 3 ming 100 dan ortiq yigit-qiz sohada o‘zini o‘zi band qildi. 

– Hududlarda “IT park” filialining tashkil topishi raqamli texnologiyalar sohasini jadal rivojlantirish, raqamli ta’limni ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash, mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutishi bilan ahamiyat kasb etadi, – deydi Namangan viloyati hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Oxunboboyev. – Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosi doirasida bugungi kunga qadar “IT park”ning ta’lim yo‘nalishidagi rezidentlari tomonidan jami 12 mingdan ziyod aholi, jumladan, yoshlar va davlat xizmatchilari raqamli texnologiyalar sohasida o‘qitilib, malakasi oshirildi. Qolaversa, yosh avlodning axborot texnologiyalari sohasida “startap” loyihalarni amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar hozirlash maqsadida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida ikkita “inkubatsiya markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi bo‘lgan “Coursera” onlayn platformasi o‘quv kurslarida 65 mingdan ortiq yoshlar tahsil olib, sertifikatlarga ega bo‘ldi. 

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida sobiq “Paxtasanoat” birlashmasining qarovsiz qolgan to‘rt qavatli binosida 12 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod qilingan “IT park” markazida laboratoriya, “startap” hamjamiyati, hamkorlikda ishlash xonasi, tadbirlar va muzokaralar zallari, kibersport xonasi mavjud bo‘lib, yuzdan ortiq so‘nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter hamda mebel jihozlari bilan ta’minlangan. Ularda 150 nafar yosh dasturchi faoliyat yuritadi. Ushbu markazda yigirmadan ortiq “IT” rezidentlari qatorida dunyoga mashhur kompaniyalarning filiallari ham faoliyat yuritishi diqqatga sazovor. 

[gallery-16753]

–Dunyoga mashhur kompaniyamiz yurtimizda ham o‘z vakolatxonasiga ega bo‘lib, jahon miqyosida yetakchi kompaniyalarning savdo brendlarining onlayn tijorat savdosi bilan shug‘ullanadi, – deydi Xitoyning “Alibaba” kompaniyasining Toshkentdagi vakili Kamron Turg‘unov. – “Made in Uzbekistan” (“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan”) elektron pavilonida 60 ta kategoriya bo‘yicha 11 ming turdagi mahsulotlar va xizmatlar joylangan. Ular orasida tekstil, oziq-ovqat, hunarmandchilik mahsulotlari va qurilish materiallari xaridorgir. So‘nggi ikki yilda platforma orqali 8 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. 

O‘tgan yilning kuzida viloyat hokimligi bilan kompaniya rahbari o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida ochilgan Namangandagi filial mahalliy tadbirkorlarimizning xorijga chiqishiga ko‘maklashish asnosida “IT” sohasiga qiziqqan yoshlarga bilim berishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Hikmatulla Nasrullayev rahbarligidagi “Real soft”  axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan mamlakatimizdagi yirik kompaniya hisoblanadi. 2001-yilda tashkil topgan kompaniyada ayni kunda uch yuzga yaqin xodim faoliyat yuritadi. AQSH, Yevropa, Osiyo, MDH davlatlarida yettita, yurtimizda esa to‘rtta filialiga ega. 

Dasturiy ta’minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan, yillik eksport hajmi 10 million dollarga teng bo‘lgan “Real soft”ning Namanganda ochilgan yangi filiali faoliyatini rivojlantirish uchun 22 nafar xodimga dastlabki bosqichda 1 milliard so‘mlik xizmatga buyurtma taqdim qilindi. “IT park”da mahalliy dasturchilarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. 

“Tech Data Soft” mas’uliyati cheklangan jamiyat ana shunday rezidentlardan biridir. Uning rahbari Dilshod Sodiqovning aytishicha, hozirgi vaqtda jamoa viloyat hokimligi buyurtmasiga asosan “Navbahor” professional futbol klubining o‘yinlari uchun onlayn chiptalar savdosini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus mobil ilovani yaratish ustida ish olib bormoqda. Yetti yoshdan 70 yoshgacha barcha uchun tushunarli va oson bo‘ladigan mazkur platforma yordamida “Lochinlar”ning Superliga, kubok o‘yinlari hamda xalqaro musobaqalardagi uchrashuvlari uchun chiptalarni qulay tarzda xarid qilish imkoni tug‘iladi. Bu ,o‘z navbatida, stadion kassalarida navbat kutib turish, ayniqsa, chiptalarni qimmat narxda sotish kabi muammolarga chek qo‘yadi.

Namangan viloyatidagi 51 ming nafardan ortiq yosh xalqaro ta’lim platformalari va “IT park” markazlariga jalb etilib, raqamli texnologiyalar sohasida o‘qitiladi. “IT park” rezidentlari soni esa 50 taga yetkaziladi. 100 nafar yosh dasturchi xalqaro “IT” bozoriga chiqariladi. 200 nafar davlat xizmatchisi va yosh xalqaro “IT” sertifikatga o‘qitiladi.

Joriy yil yakuniga qadar xizmatlar hajmi 170 milliard so‘mga, eksport hajmi 20 million dollarga yetkaziladi. 5 ming 950 nafar yosh ingliz, nemis va boshqa xorijiy tillarga o‘qitilib, yetakchi kompaniyalarga yo‘naltiriladi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda zamonaviy “IT park” ish boshladi