Namanganda “Zakovat” g‘oliblari aniqlandi
Namangandagi “Yangi ziyo” ma’rifat maskanida “Zakovat” intellektual o‘yining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 252 nafar o‘quvchidan iborat 42 jamoa o‘zaro kuch sinashdi.
Barcha yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan bir-biridan qiziqarli va murakkab 48 ta savol o‘ynalgan bahslar murosasiz kechdi. Unda o‘quvchilar tezkorlik, tanqidiy va mantiqiy fikrlash borasidagi bilim va mahoratini namoyish qildi.
Yakunda Pop tumanidagi 67-umumta’lim maktabining “Geksagon” jamoasi birinchi, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-DIMIning “Ziyokor” jamoasi ikkinchi, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 21-umumta’lim maktabining “Yuksalish” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-13750]
Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA