Namanganda yoshlar uchun kasb-hunar imkoniyatlari kengaymoqda (+video)
Yoshlarni o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi orqali raqobatbardosh mutaxassislar qilib tayyorlash, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida davlat tomonidan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni PQ-61 bilan sohada ta’lim sifatini oshirish, amaliyotga yaqin o‘quv jarayonlarini joriy etish hamda yoshlarni mehnat bozori talablariga mos tayyorlash vazifalari belgilab berilgan.
Shu kabi imkoniyatlarni keng targ‘ib etish maqsadida kuni kecha Namangan shahar 3-sonli texnikumda 9–11-sinf o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv yo‘nalishlari hamda amaliy mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ayniqsa, tadbir yoshlarda kasb tanlashga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Ko‘plab o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan sohalar bo‘yicha aynan shu texnikumda tahsilni davom ettirish istagini bildirishdi.
9-sinf o‘quvchisi Mashhura Sharipova esa dugonalari tikish va dizayn yo‘nalishlarini tanlaganini aytib, o‘zi kelajakda IT sohasini o‘rganishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Namangan shahar 3-sonli texnikumda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va imkoniyatlar uning tanlovida muhim o‘rin tutgan.
Bunday tadbirlar yoshlarning o‘z iqtidorini kashf etishi, to‘g‘ri kasb tanlashi hamda kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Mrmb4LZtDJg?si=QLX2u37s6piY4778" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tohir Tursunov, O‘zA