Namanganda yoshlar huquqiy sayli
Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida qonunga hurmatni shakllantirish, ularning jamiyatdagi rolini oshirish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida otaliqqa olinganlarni kasb-hunarga qiziqtirish, bandligini ta’minlash, ularda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik ruhini uyg‘otish, huquqiy jihatdan ko‘mak berish orqali turli jinoyatlarning oldini olish, yoshlarni saylov jarayonlaridan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida viloyat hokimligi, viloyat adliya boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari hamda daxldor tashkilotlar hamkorligida tadbir tashkil etildi.


– Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sudlar hamda adliya tizimidagi idoralar vakillari tomonidan “Yoshlar – huquqiy sayli” tadbiri davomida ishtirokchilarga bepul huquqiy maslahat berish va ularning murojaatlarini sayyor tartibda qabul qilish orqali ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Qolaversa, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan ishsiz fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi, – deydi Namangan viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Foziljon Jo‘raboyev. – Notariuslar, FHDYO va DXM, Advokatlar, “Madad” NNT xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari, intellektual mulk sohasida erishilayotgan yutuqlar, Respublika sud ekspertizasi markazining viloyat hududiy bo‘limining esa ish faoliyatga doir anjomlar va ishlar ko‘rgazmasi, shuningdek, to‘quvchilik, kashtachilik, duradgorlik va kulolchilik mahsulotlari yarmarkasi tadbir ishtirokchilari e’tiborida bo‘ldi.


Tadbirda, saylda aholiga ko‘tarinkilik bag‘ishlash va tadbirni yanada mazmunli o‘tishini ta’minlashga qaratilgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi amaliy harakatlar bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, harbiy orkestr jamoasi, harbiy texnika chiqishlari va harbiy anjomlar ko‘rgazmasi barchada yorqin taassurot uyg‘otdi.
Yana bir e’tiborli jihati shundaki, muhim jihat sport maydonining o‘zida otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sportning yugurish, dars, arqon tortish musobaqasida har bir shahar va tumandan 10 nafardan ishtirokchi g‘oliblik uchun bellashdi. Tadbir yakunida esa, uch shart bo‘yicha g‘olib chiqqanlar Namangan viloyati adliya boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.