Namanganda yangi sanepid binosi foydalanişga topşirildi
Namangan şahrining Yangi Namangan tumani sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi uçun qurilgan yangi bino foydalanişga topşirildi.
Şu munosabat bilan ötkazilgan taqdimotda Namangan viloyati hokimining örinbosari Otabek Bozorov, respublika Sanepidqömita masʼul xodimi Rustamjon Ikromov, mehnat faxriysi Yusufjon Hojiyev qayd etişganidek, yurtimizda inson qadrini uluğlaş, tibbiyotdagi islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, aholi salomatligini mustahkamlaş borasida olib borilayotgan xayrli işlar kölami bu kabi amaliy işlar misolida kengayib bormoqda.

Darhaqiqat, keyingi yillarda soha bino-inşootlarini qayta quriş va taʼmirlaş işlari hajmi kengayib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlaş, yuqumli va parazitar kasalliklarga qarşi samarali kuraşiş hamda profilaktika işlari samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qolaversa, sanitariya xizmatini yanada taraqqiy ettiriş, tizimni raqamlaştiriş, kadrlar salohiyatini oşiriş, muassasalar moddiy-texnik imkoniyatlarini kengaytiriş çoralari körilmoqda. Mazkur binoning bunyod etilişi ham bu yönalişdagi saʼy-harakatlarning uzviy davomi böldi.

Yangi tört qavatli muhtaşam bino mukammal loyiha asosida barpo etilgan bölib, alohida yeçimlari, keng va yoruğ xonalari va boşqa imkoniyatlari bilan vodiyda yagonadir. Muassasa xodimlarining samarali faoliyat olib borişlari uçun barça imkoniyatlar muhayyo etilgan. 18 turdagi 22 ta yangi jihozlar örnatilganligi esa hududda sanitariya xizmati darajasini yangi bosqiçga kötariş imkonini beradi.

Yangi Namangan tumani sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi boşliği Sanepidqömita tuman bölimi rahbari Davlatali Qosimovning aytişiça, loyihaviy yeçimlari bilan ajralib turadigan yangi binoni barpo qiliş uçun davlat byudjetidan 13 milliard sömdan ortiq mablağ sarflandi. Zamonaviy binoda mutaxassislarga qulay mehnat şaroitlari, fuqarolarni qabul qiliş uçun zamonaviy xizmat körsatiş hududlari, nogironligi bölgan şaxslarga möljallangan pandus va kiriş yölaklari, hududni obodonlaştiriş va muhandislik infratuzilmasi töliq yaratildi.
Bunday eʼtibor hududda sanitariya-epidemiologik işlarni yanada takomillaştiriş va jamoat salomatligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri