Namanganda xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Namangan viloyatida mavjud 780 ta mahallada xatlov ishlari jadallik bilan boshlandi.
Jarayonda hokim yordamchilari, yoshlar ishlari bo‘yicha vakillar, mahallalar raislari hamda qator daxldor tashkilot mas’ullari har bir xonadonda o‘rganish ishlarini amalga oshirmoqda.
– Mazkur xatlovdan pirovard maqsad oila daromadini oshirish, aholi bandligini ta’minlash uchun ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, - deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Ahror Mansurov Pop tumanining Yangi Xo‘jaobod mahallasida olib borilgan xonadonbay o‘rganish jarayonida.
[gallery-5385]
Ushbu mahallada 530 xonadon, 755 oila mavjud bo‘lib, 2720 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda tomorqachilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Furqat ko‘chasida yashovchi Sobirjon ota Shermurodov 4,5 sotixli limonariysidan yiliga 30 million so‘m daromad olmoqda. Do‘stlik ko‘chasi turg‘uni Sharofatxon aya Haydarova esa 10 sotixlik tomorqasidan yiliga uch marta hosil oladi.
Hokim o‘rinbosari mahallada tomorqachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi, aholi murojaatini tingladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA