Namanganda sport haftaligi
Namanganda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Respublika yoshlar markazi hamkorligida sport haftaligi oʻtkazildi.
Namanganda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Respublika yoshlar markazi hamkorligida sport haftaligi oʻtkazildi.Haftalik doirasida futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika, kurash, shaxmat-shashka, suzish, badiiy gimnastika, boks kabi 17 sport turi boʻyicha musobaqalar hamda yoshlarni sportga jalb etishga qaratilgan targʻibot tadbirlari tashkil etildi.
Chortoq, Norin, Chust, Kosonsoy va Uchqoʻrgʻon tumanlarida oʻtkazilgan sport bellashuvlarida 2 ming 700 dan ziyod yosh sportchi oʻz mahoratini namoyish etdi.
Haftalikning faol ishtirokchilari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


