Namanganda somondan qogʻoz ishlab chiqarilmoqda
Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida 2019-yilning oxirida faoliyat boshlagan “Uzbek China paper” korxonasida somondan qogʻoz ishlab chiqarilmoqda.
Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida 2019-yilning oxirida faoliyat boshlagan “Uzbek China paper” korxonasida somondan qogʻoz ishlab chiqarilmoqda.
Umumiy qiymati 1,8 milliard soʻm boʻlgan loyihani amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyekti sarmoyasidan 600 million va 1,2 milliard soʻm bank krediti sarflandi.
Yiliga 1,5 ming tonna qogʻoz mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada 10 dan ortiq ish oʻrni yaratildi.