Namanganda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi X. Botirov hamda viloyat kengashi raisi A. A’loxo‘jayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Vatanparvar yoshlar – tashkilot tayanchi!” shiori ostida tashkil etilgan tadbir avvalida “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi tasarrufidagi o‘quv muassasalariga “DRIVER’S VILLAGE” MCHJ Namangan filiali bilan tuzilgan shartnoma asosida “Asakabank” Namangan filiali orqali imtiyozli tarzda xarid qilingan 42 dona “ONIX” rusumli yengil va “FOTON” rusumli yuk avtomobillari topshirildi.
Shundan so‘ng “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi va viloyat kengashi rahbarlari, OAV vakillari hamda faol blogerlar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida tashkilotning faoliyati, maqsad va vazifalari, shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda 200 nafardan ziyod yigit-qiz ishtirok etdi.
[gallery-28532]
Shuningdek, tadbir doirasida tashkilot faoliyatiga oid videorolik namoyishi hamda sport texnikalari, qurollar va o‘quv-mashq avtomobillari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA