Namanganda qilichbozlik ommalashmoqda
Mamlakatimizda sportning qilichbozlik turi tobora ommalashmoqda. Joylarda mazkur sport turi mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun keng sharoit yaratilgan.
Mamlakatimizda sportning qilichbozlik turi tobora ommalashmoqda. Joylarda mazkur sport turi mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun keng sharoit yaratilgan.Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli yakka kurash sport turlariga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida 35 nafar o‘g‘il-qiz qilichbozlik bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Malakali murabbiylar ko‘magida mahorati toblanayotgan yoshlar mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar safidan joy egallamoqda.

