Namanganda o‘tkazilgan III Xalqaro asal festivalida 8 million AQSH dollarilik eksport shartnomalari imzolandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida uch kun davom etgan III Xalqaro asal festivali yakunlandi.
Asalarichilik sohasini rivojlantirish va asal mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan festival doirasida viloyat asalarichilari va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan soha vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvi o‘tkazildi.
[gallery-20180]
Uchrashuvda 2025-2026 yillarni qamrab oluvchi, umumiy qiymati 8 million AQSH dollarilik eksport shartnomalari imzolandi.
Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida III Xalqaro asal festivali ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuritdinov qatnashib, festival Namanganning yana bir tashrif qog‘oziga aylanib borayotganini e’tirof etdi.
Festivalda ishtirok etgan 50 an ortiq mahalliy va qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan asalarichilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Taqdirlash marosimdan so‘ng madaniyat xodimlari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA