Namanganda ham karantin hududi qurilmoqda
COVID-2019 virusi xavfi kuchayib borayotgan paytda unga qarshi kurash ishlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
COVID-2019 virusi xavfi kuchayib borayotgan paytda unga qarshi kurash ishlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Namangan viloyatining Pop tumanida Shifoxona va karantin hududi qurilishi boshlandi. Mazkur tumanning “Mirishkor” mahalla fuqarolar yigʻinidagi kenglik maydondan 16 gektar yer ajratildi. Unda 1200 oʻrinli karantin hududi, 150 oʻrinli maxsus shifoxonaning qurilish ishlari davom etmoqda.
Ushbu majmuaning loyiha hujjatlari “Qishloq qurulish loyiha” MCHJ tomonidan tayyorlanib ekspertizadan oʻtkazilgan. Karantin hududida ishlatiladigan materiallarning toʻqson foizi mahalliylashtirilgan. Shifoxona boʻlimlari, maʼmuriyat, qabulxona-tashxislash, labaratoriya, dorixona markaziy stirilizatsiya, jarroxlik, jonlantirish, statsionar palatalar, shifoxona va texnik xodimlarning yashash joylari eng zamonaviy holatda qurilishi loyiha taqdimotida taʼkidlandi. Quruvchilarga ish jarayonida loyiha talablari hamda karantin qoidalariga amal qilgan holda shifo maskanini oʻn kun ichida qurib bitkazilishi boʻyicha mutasaddi rahbarlar tomonidan koʻrsatmalar berildi.



