Namangan shahrida har yili o‘tkaziladigan an’anaviy gullar festivali nafaqat mamlakatimiz aholisi, balki chet elliklarni ham o‘ziga maftun etmoqda. Bu yilgi gullar festivali ham o‘zgacha tarzda o‘tmoqda.

Xalqaro gullar festivali tantanalari vodiyning havo darvozasi – Namangan xalqaro aeroporti hududidan gullar avtoparadi bilan boshlandi. Unda davlatimiz bayrog‘i bilan bezatilgan turli rusumdagi 200 dan ziyod yengil va yuk avtomobillari anvoyi gullarga burkangan mashinalar karvoni Islom Karimov shoh ko‘chasidan Temiryo‘l vokzali aylanma yo‘li – Amir Temur – Nodim Namangoniy ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi. 
Namangan yer yuzining turli nuqtalaridan tashrif buyurgan turli millat va elat vakillarini, taniqli san’at va madaniyat namoyandalarini o‘z bag‘rida jamladi. Go‘zallik oshnolarining yuz-ko‘zidagi quvonch, shodlik, xursandchilik, shukronalik tuyg‘ulari festivalga chinakam kayfiyat ulashmoqda. Nufuzli festivalning tantanali ochilish marosimi har galgidan farqli ravishda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining Nodirabegim kutubxonasi oldida bo‘lib o‘tdi. 
Gullar festivaliga atalgan maxsus qo‘shiq yangradi. Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov nafosat va go‘zallikka oshufta dillarni o‘ziga rom etayotgan festival yillar davomida yanada sayqallashib, Namanganning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi” ga aylanayotganini ta’kidladi. Buni 2022 yilda festivalga 2 million 300 mingdan ziyod mehmon kelganida ham ko‘rish mumkin. Joriy yilgi anjumanda esa to‘rt milliondan ziyod turistlar tashrifi kutilmoqda. 
Tadbirda O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod, O‘sh va Norin viloyatlari hamda Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar a’zolari, shuningdek, Xitoy, Koreya, Hindiston davlatlaridan taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdi. 
Namangan shahrida joylashgan Gulchilar assotsiatsiyasi laboratoriyasida gullarning yangi navlarini yaratish, ularni klonlash va turlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu festival doirasida maxsus yer uchastkalari ajratilib, zarur infratuzilma yaratildi. Bu yerda issiqxona xo‘jaliklarida mahalliy gulchilar mingdan ziyod bir yillik, ko‘p yillik va boshqa turdagi turfa xil gullar parvarishlamoqda. Davlatobod va Namangan tumanlarida gulchilikka ixtisoslashtirilgan alohida klasterlar tashkil etildi. Unda istiqbolli navlarni ko‘paytirish, xorijdan keltirilgan ko‘chatlarni mahalliylashtirish orqali yangi navlar yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy markaz shakllantirildi. Bu yilgi festivalda nafaqat yurtimiz gulchilari, balki ularning Hindiston, Eron, Xitoy va Janubiy Koreyadan kelgan hamkasblari ham ishtirok etmoqda. 
– Joriy yilgi festival oldidan viloyatimiz markazida katta tayyorgarlik ishlari olib borildi. Asosiy tantanalar o‘tayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur bog‘i va “Afsonalar vodiysi” tematik parki, ko‘chalar va katta yo‘l bo‘ylariga 30 milliondan oshiq gul ko‘chatlari ekildi, – deydi Namangan shahar hokimi G‘ofurjon Jamolov. – Birgina, Bobur bog‘ining o‘zida 22 million gullardan kompozitsiyalar yaratildi. Ahamiyatlisi shundaki, an’anaviy ko‘p yillik gullar yetishtirishga ham alohida e’tibor qaratdik. Bugungacha 1,5 million atirgul, 2 milliondan ortiq rayhon va yalpiz ko‘chatlari ekildi. 
– Gullar bayramidamiz, – deydi Madaniyat va turizm vaziri, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov. – Muhit juda ajoyib. Odamlar xursand. Haqiqiy bayram kayfiyati hukmron. Shahar go‘yo gullarga burkangan. Bunday go‘zallikni so‘z bilan ta’riflash qiyin. Yurtimizda shunday bayramlar ko‘paysin. Oilalarda tinchlik xotirjamlik, fayzu baraka bo‘lsin. 
– Namanganga birinchi bor kelishim, – deydi O‘sh shahridan kelgan Misqal Xolboyeva. – Gullar bayrami o‘tkazilishi haqida eshitib, go‘zallikdan bahramand bo‘lish uchun sinfdoshlar bilan keldik. Ayollar suygan, ular uchun eng zo‘r sovg‘a bu – gullar. Ochig‘i, gullarga burkangan avtoparadni ko‘rib, hayratim oshdi. Bunaqa zavqni hozirgacha hech qayerda ko‘rmaganman. “Gullar shahri” deya ta’riflashganicha bor ekan. “Afsonalar vodiysi” bog‘i haqida internetdan xabardor bo‘lgandim, uni aylanib, maqtalganicha borligiga amin bo‘ldim. 
Darhaqiqat, maftunkor manzaralar, sermazmun tomoshalardan shodlanish ishtiyoqidagi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lganlar gullar timsolida nafosatga oshufta shahar ahlining azmu shijoati, gulga bo‘lgan mehridan hayratlanib, ularning gulchilik tajribasiga yuqori baho bermoqda. 
Festival doirasida axborot texnologiyalari forumi, Axsikent tarixi xalqaro ilmiy konferensiyasi, arzonlashtirilgan sanoat mahsulotlari yarmarkasi va hunarmandlar ko‘rgazmasi kabi yirik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, etnosport va dunyo taomlari festivali, o‘zbek palovi chempionati, qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi xalqaro turniri, “Talant-shou”, “Illyuziya-shou”, Farg‘ona vodiysi moda haftaligi, jahon kinosi haftaligi, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining ochiq osmon ostidagi konserti, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri spektallari, “O‘zbek davlat sirki” tomoshalari kabi bir-biridan mazmunli tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Milena Madmusayeva, Og‘abek Sobirov, Jenisbek Piyazov kabi elimizning taniqli san’atkorlari o‘zlarining eng sara qo‘shiqlarini taqdim etishadi. Qolaversa, yana jahon estradasining taniqli namoyandalari turkiyalik Rafet El Roman, ozarbayjonlik Talib Tale va Zaynab Hasaniyning katta shou-konsertlari ham tashkil etiladi. 

[gallery-12002]
Namangan viloyatining ichki va tashqi turizm rivojida muhim ahamiyat kasb etadigan, investitsiyaviy salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan, qolaversa tinchlik, mehr-oqibat, nafosat, madaniyat, do‘stlik bayrami sifatida qalblarga zavq ulashayotgan gullar festivali ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. 

Oqilxon DADABOEV, 
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda gullar festivali davom etmoqda