Namanganda g‘allakorlar mehnati e’tirof etildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida ham bu yil qishloq xo‘jaligi sohasi uchun barakali keldi. Pillakor va g‘allakorlar zafar marrasiga yorug‘ yuz bilan yetib keldilar.
Viloyatda 2022 yil hosili uchun 67 750 gektar maydonda boshoqli don yetishtirilib, hosildorlik o‘rtacha 70 sentnerga yetkazildi. Xirmonga Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘ondagi qator fermer xo‘jaliklari hamda klaster korxonalari salmoqli hissa qo‘shdilar.
[gallery-7952]
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov peshqadam g‘allakorlar mehnatini alohida e’tirof etdi. Bir guruh soha ilg‘orlari munosib taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA