FOTOREPORTAJ

Yurtimizda sportni yanada rivojlantirish, yosh avlodni sog‘lom va jismonan yetuk qilib tarbiyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 13 fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik, shuningdek, ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan edi. Shu maqsadda Namangan futbol mahorat maktabi to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy qiyofaga keltirildi. 

Ushbu sport majmuasi Xalqaro gullar festivali doirasida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, nuroniylar, faollar, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Ushbu loyiha uchun mahalliy byudjetdan 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ayni paytda bu yerda 600 nafardan ziyod tarbiyalanuvchiga 36 nafar murabbiy futbol sir-asrorlarini o‘rgatmoqda. Quvonarlisi, joriy yilning aprel oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan U17 Osiyo chempionatida yurtimiz terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jamoa a’zosi Hojiakbar Botiraliyev aynan mazkur maktab tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Albatta, yaratilgan imkoniyatlar samarasida kelgusida ham Osiyo va jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etuvchi, Vatan bayrog‘ini baland ko‘taruvchi futbolchilar yetishib chiqadi.

[gallery-23592]

Shu kuni Namangan futbol akademiyasi ham foydalanishga topshirildi.

Ushbu muassasani qurish uchun 12 milliard 500 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilib, 154 o‘rinli zamonaviy yotoqxona va barcha sharoitlarga ega oshxona barpo etildi. Ayni paytda akademiyada 154 nafar yosh futbolchi muntazam mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bu zamonaviy baza yosh iqtidorlarni kashf etish, ularni milliy va xalqaro maydonlarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Futbol akademiyasining faoliyat boshlashi nafaqat Namangan, balki butun mamlakatimizda futbol rivojiga yangi sur’at baxsh etadi.

Shuningdek, mazkur kun “Navbahor” professional futbol klubi faoliyatida ham tarixiy sana sifatida qayd etiladi. Ya’ni, klubning shaxsiy futbol akademiyasi ochildi. 

Yosh iqtidorlarni izlab topish, ularni zamonaviy uslubda tayyorlash va katta futbolga yetaklash maqsadida tashkil etilgan ushbu akademiya “Navbahor” professional futbol klubi tarkibida faoliyat olib boradi. Endi namanganlik yosh futbolchilar o‘z viloyatida, professional sharoitlarda ta’lim olib, orzulari sari dadil odim tashlash imkoniga ega bo‘ladi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda futbolchilarni tayyorlashga xizmat qiluvchi majmualar foydalanishga topshirildi