Namanganda eksportyor korxonalar faoliyati bilan tanishildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov Namangan shahridagi “Grand Tekstil Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
Umumiy qiymati 10 million AQSH dollarini tashkil etgan loyiha doirasida korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida raqobatbardosh tekstil mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda Rossiya va Belarus bozorlariga ham eksport qilinmoqda. 2025-yilda korxona tomonidan 6 million AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi.
[gallery-30543]
Korxona ishga tushirilgan dastlabki bosqichda 300 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan. Keyinchalik amalga oshirilgan investitsiya loyihasi natijasida ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilib, qo‘shimcha 400 ta ish o‘rni yaratildi. Hozirda bu yerda 700 nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda.
Tashrif davomida mas’ullar tadbirkorlar bilan muloqot qilib, eksport hajmini oshirish, yangi tashqi bozorlarni o‘zlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, eksport faoliyatida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish, yangi eksportyorlarni tajribali korxonalar bilan hamkorlikka jalb qilish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA