Namangan to‘qimachilik sanoati institutida Kosonsoy tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri boshchiligida tumandagi umumta’lim maktablari direktorlari va psixologlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Tadbir davomida mehmonlar Farg‘ona vodiysidagi kenja oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, talabalarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy-innovatsion mahsulotlar va startap loyihalarni ishlash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. 

Uchrashuvda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, dual ta’lim (o‘quvchi/talabaga ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib borish imkoniyatini berish) tizimini joriy etish, shuningdek, ularning qiziqishlari va imkoniyatlariga mos ravishda oliy ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha Namangan to‘qimachilik sanoati instituti hamda Kosonsoy tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi. 

– “Ochiq eshiklar kuni” maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasblarga tayyorlashda oliy ta’limning o‘rni va ahamiyati katta ekanligini yana bir bor amalda ifoda qildi, – deydi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti rektori, professor Qurbonali Xoliqov. – Bunday tadbirlar o‘z navbatida ertamiz egalarining ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirishga zamin yaratadi. Xalq maorifi fidoyilari yangi institutning zamonaviy infratuzilmasi, innovatsion yondashuvlari va talabalarga yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholashdi. 

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur amaliy tadbir ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlodni kasbiy va ilmiy sohalarga jalb etishda muhim qadam bo‘ldi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda dual ta’lim rivojlanadi