Namanganda bayram ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyat teatrida Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz garovi” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir teatr oldidagi xiyobonda “Konstitutsiya sayli” bilan boshlandi.
[gallery-20769]
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov barchani qutlug‘ sana bilan tabriklab, yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar avvalo “inson qadri uchun”, degan tamoyilga asoslanganligi bilan muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Marosimda so‘z olganlar yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga batafsil to‘xtaldi.
Shundan so‘ng, viloyat musiqali drama teatri jamoasi hamda san’at ustalari ijrosida katta konsert dasturi namoyish etildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA