Shuningdek, 2019-2020-yillarda tuman jamoat ishlarida ishlamagan 35 nafar fuqaroga 27 million 331 ming soʻm miqdorida ish haqlari hisoblab, byudjet mablagʻlarini talon-taroj qilishgani aniqlangan.

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Kosonsoy tumani boʻlimi tomonidan tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida markazning masʼul rahbarlari jami 348 million 931 ming soʻmlik moliyaviy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani, shundan 273 million 600 ming soʻm mablagʻni maqsadsiz xarajat qilgani aniqlandi.

Tekshiruv davomida maʼlum boʻlishicha, markaz mutasaddilari tomonidan 2019-yil paxta mavsumida 53 kishini Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga paxta terimiga yuborilgani boʻyicha soxta toʻlov qaydnomalari bilan, ularning nomlaridan soxta imzolar qoʻyib, 48 million soʻmni oʻzlashtirishgan.

Oʻz vakolatini suisteʼmol qilgan tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazining mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi, 209-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda Bandlik markazi mutasaddilari millionlab pullarni oʻzlashtirgani aniqlandi