Har bir tadbirkorning faoliyat boshlashi uchun qoʻyadigan ilk qadami davlat roʻyxatidan oʻtishdir. Bu jarayonda tadbirkor birinchi boʻlib, Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi.

Avvallari yugur-yugurlardan tinkasi qurigan ishbilarmonlarga bugungi kunda yaratilayotgan sharoitlarga har qachongidanda havas qilsa arziydi.

Yaqin-yaqingacha tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 30 daqiqa kifoya qiladi desa, hech bir kishi ishonmagan. Hozir esa, barcha jarayonlar soddalashtirilgani tadbirkorlar safi kengayib, yangi ish oʻrinlari yaratilishiga turtki bermoqda.

Birgina, Namangan viloyatining togʻli hududida joylashgan Pop tumani misolida oladigan boʻlsak, tadbirkorlikka mehr qoʻyganlar koʻplab topiladi. Surayyo Qoʻshanboyeva qariyb 10 yildan buyon oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. U bu gal ham yana bir tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida tuman Davlat xizmatlari markaziga keldi. Qisqa vaqt oraligʻida roʻyxatdan oʻtib, tadbirkorlik faoliyatini yana-da kengaytirishga erishdi.

Davlat xizmatlari markazida tadbirkorlik subyektlariga tez va sifatli xizmat koʻrsatish barobarida, oʻz faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatish uchun kelgan biznes vakillariga ham tushuntirish-targʻibot tadbirlari olib borilayotir. Bu borada mutaxassislarning huquqiy maslahatlari kor kelib, koʻplab fuqarolar oʻz faoliyatini qaytadan boshladi. Xususan, joriy yilda viloyat boʻyicha 6 ming 25 tadbirkorlik subyekti faoliyati qayta tiklandi. Shundan, 114 yuridik shaxs, 5 ming 911 yakka tartibdagi tadbirkorga koʻmak berildi.

Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday amaliy saʼy-harakatlar pandemiya davrida jabr koʻrgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shu bilan bir qatorda ishsizlikning oldini olish va aholining doimiy bandligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda 6 mingdan ziyod tadbirkor faoliyati tiklandi
Жамият
17:47 / 27:10:2020