Namanganda 5 tonnalik bayram oshi pishdi
Namanganlik mashhur oshpaz Sobirjon Muhiddinovning farzandi – ustazoda oshpaz Toibxon Muhiddinov boshchiligida 12 nafar oshpaz 5 tonnalik bayram oshini damladi.
Osh uchun 1,5 tonna guruch, 2 tonna sabzi, 100 kilogrammdan mayiz va no‘xat, 10 kilogramm zira, 500 kilogramm o‘simlik yog‘i, 1 tonna go‘sht va kerakli miqdorda suv solindi.
Bayram oshi mahallalar kesimida butun Namangan xalqiga, saxovat va mehribonlik uylariga markazlashgan holda tarqatiladi.
[gallery-1641]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA