O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining tegishli buyrug‘i bilan Dilshod Abdullayevich Mirxanov Namangan viloyati Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U mazkur lavozimda ishlagan Dilshod Abdug‘aniyevich Niyazovning o‘rnida ish boshladi. Dilshod Mirxanov 1985 yil 25 yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - muhandis-quruvchi, iqtisodchi. 

Mehnat faoliyatini 2006 yilda Namangan viloyati hududiy “Ko‘mak madad” uy-joy mulkdorlar assotsiatsiyasida mutaxassis sifatida boshlagan. 2009-2011 yillarda Namangan shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inpeksisi, 2011-2017 yillarda Namangan viloyati hokimligining Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi, 2017-2019 yillarda Namangan viloyati hokimligida turli mas’ul va rahbarlik vazifalarida ish yuritgan.  

Tayinlovga qadar qadar, ya’ni 2019 yil mart oyidan buyon “Qishloq qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi Namangan viloyati filiali boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.  

Oqilxon Dadaboyev,  
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati Qurilish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi