Namangan kardiologiya markazi el og‘ziga tushganiga ancha yillar bo‘ldi. Bu yerda yurak va qon tomirlari sohasida yetuk olim va amaliyotchilar shakllandi. Yuzlab og‘ir holatga tushgan bemorlar shifo topdi. Hozir ham bu yerda eng nozik va eng noyob uslublardagi xirurgiya amaliyotlari o‘tkazilmoqda. Shu kunlarda esa Namangan viloyati hokimiyatinig kardiologiya markazini modernizatsiya qilish loyihasiga asosan 9 million AQSH dollarlik Yevropaning mashhur kompaniyalarida ishlab chiqarilgan tibbiy jihozlar keltirildi. Biz kardiomarkaz rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Solixon Mo‘minov bilan shu haqida suhbatlashdik.

– Mana shu loyiha doirasida shifoxonamizga 50 turdagi 246 ta jihoz keltirildi. Misol uchun, angiograf apparati bilan kelgusida yurakka stend qo‘yishdan tashqari, bosh miyaga stend qo‘yish amaliyoti ham bajariladi. Onkologik bemorlarda lokal o‘choqqa dorilarni yuborish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, oyoqdagi tomirlarni kengaytirib, qon aylanishini ta’minlay olamiz.  

Muxbir: – Amaliyotda oyoqdan tomir olib yurakka qo‘yish qo‘llanilar edi. Bemordagi bu tomirning faoliyatini nazorat qilib borish mumkinmi?

Solixon Mo‘minov: – Ko‘chirilgan tomir avval qanday ishlashini bilmasdik. Hozir esa yangi uskuna ko‘chirib qo‘yilgan tomir faoliyati haqida barcha ko‘rsatkich, ya’ni bosimi, gemodinamikasi, periferik qarshiligini ham nazorat qila oladi.

Muxbir: – Narkoz, sun’iy qon aylantirish, yashirin kasalliklarni aniqlash uskunalari ham keltirilibdi...

Solixon Mo‘minov: – Bundan tashqari, Shvetsiyaning Shiller kompaniyasining xolter apparatini ham oldik. Eng so‘nggi rusumdagi yurak sun’iy intellektini aniqlovchi Simeks kompaniyasi jihozlari ham bor.

Muxbir: – Eng to‘g‘ri tashxis qon tahliliga tayanadi deyishadi...

Solixon Mo‘minov: – Bu laboratoriya jihozi 20 ming xotiraga ega. Analizator oldik, u ham qon quyuq yoki suyuqligining barcha ko‘rsatkichlarini ko‘rsatadi. Umuman, laboratoriya dunyoning beshta eng samarador uskunalaridan bo‘lgan Germaniyada ishlab chiqarilgan jihozlarga asoslanadi.

Muxbir: – Reanimatsiya bo‘limida qanday yangiliklar bo‘ldi?

Solixon Mo‘minov: – Havo, kislorod ta’minoti va uni uzluksiz ishlab chiqarish imkoni yaratildi. Vakuum qo‘yildi.

Muxbir: – Kardiolgiya markazining chet eldagi hamkorlari kimlar?

Solixon Mo‘minov: – 16 ta davlat – Polsha, Qozog‘iston, Daniya, Shveysariya, Rossiya klinikalari, Chexiya bilan aloqalarimiz bor. Yanvar oyida Belarusda, kuni kecha esa Chexiyada shifokorlarimiz tajriba almashdi. Sentyabr oyida uchta mutaxassisimiz Avstriyaga boradi.

Muxbir: – Bu uskunalar tufayli amaliyotlar turi ko‘paysa kerak?

Solixon Mo‘minov: – Agar hozir 65 turdagi amaliyotni bajarayotgan bo‘lsak, bu uskunalar yordamida 85 xil, yil yakuniga qadar 112 turdagi amaliyotni bajarishni yo‘lga qo‘yamiz.

Muxbir: – Markazga mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlaridan davolanish uchun  kelishayotgani ma’lum. Kelgusida bu doira kengayadimi?

Solixon Mo‘minov: – Maqsadimiz tibbiyot turizmini rivojlantirish. Bu bo‘yicha servis xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqdamiz. O‘tgan yili 184 nafar chet el fuqarosi bizning markazda davolandi. Kelgusida tibbiyotni eksport qilish vazifasini ham bajaramiz.

Namangan kardiologiya markazi haqidagi batafsil videoreportajimizni kuting! 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6PMHdavQ0e8" title="Namangan - tibbiyotning kardiologiya sohasida mamlakatning ikkinchi poytaxtiga aylanadimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon OBIDOV, Elyor OLIMOV (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan - tibbiyotning kardiologiya sohasida mamlakatning ikkinchi poytaxtiga aylanadimi? (+video)