O‘zbekiston ijtimoiy qadryatlari yangicha ma’no kasb etdi. Endi inson va uning manfaati birlamchi darajada deb konstitutsiyaviy me’yor bilan belgilab qo‘yildi. Uning nechog‘lik hayotga joriy etilayotganini Namangan viloyati misolida, masalan, elektr tarmoqlari faoliyati yo‘nalishida ham ko‘rish mumkin.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra viloyatda 21 ming kilometrdan ziyod elektr uzatish tarmoqlari  mavjud. Ular uzluksiz ravishda yangilanib yoki ta’mirlab borilmoqda. Shu yilning o‘zida 2223 kilometr tarmoq, 789 ta transformator, 6 ta kuch transformatorlari mukammal ta’mirlanmoqda. Dastlabki olti oylik rejalar ortig‘i bilan bajarildi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi ado etib bo‘linmoqda.

Soha mutaxassislari ta’minotda uzluksizlikka erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solyapti. Ammo, hayot bir joyda to‘xtab turgani yo‘q. Namangan bir million aholisi bo‘lgan shaharga aylanish arafasida.

–O‘tgan yilga nisbatan viloyatda elektr quvvati iste’moli 20 foizga oshdi, – deydi “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh muhandisi To‘lqinjon Mullajonov. –Namanganni  tadbirkorlar markazi deymiz. Kundan kunga yangi korxonalar soni ortib boryapti, yangi ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilyapti. Ayniqsa to‘qimachilik sanoati rivojlandi. Metal zavodlari qurildi. Ular hisobiga elektr quvvati iste’moli hajmi o‘sib boryapti. Biz barqaror ta’minot dasturini qabul qildik va uni so‘zsiz bajarish choralarini ko‘ryapmiz.

“Olmazor” nimstansiyasida ham ish qizg‘in. Yuqori kuchlanishni tarmoq nimstansiyalariga qayta taqsimlash o‘ta mas’uliyatli ish. Chunki, birgina eng kichik jihozda ro‘y bergan muammo yuz minglab aholi, o‘nlab ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.

–Olmazor nimstansiyasi Davlatobod tumanining 30 foiz va To‘raqo‘rg‘on tumaniga elektr energiya yetkazib bermoqda. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik rejasiga asosan 2 ta 25 ming kVtli transformator, 2 ta 110 kVtli MMO rusumli o‘chirgich va boshqa qismlarni mukammal ta’mirlab qo‘ydik, – deydi Nimstansiya bo‘lim boshlig‘i Ismatilla Mullajonov.

Namangan ayni choqda O‘zbekistonning yirik elektr quvvati ishlab chiqaruvchi markazlaridan biriga aylandi. To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasining o‘zi 900 MGV quvvat ishlab chiqarib yetkazib bermoqda.

Qolaversa, Namangan yana bir ibratli tajriba tashabbuskoriga aylandi. Viloyatning qayeridaki suv oqimi quvvatidan foydalanish mumkin bo‘lsa, o‘sha yerda kichik GESlarni ko‘rasiz. Joriy yilda esa Namanganda quyosh nurlaridan elektr energiya oluvchi mamlakatning yana bir ulkan stansiyasi bunyod etiladi.

–Elektr energiyasi ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritish masalasida Pop tumanida 500 MGVli 2 ta quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi, –deydi To‘lqinjon Mullajonov. –Undan tashqari kichik GESlar barpo etilmoqda. Namangan shahrida va Kosonsoy soylariga 1 MGVli, Uchqo‘rg‘on kanalida 0,2 MGVli kichik GESlar qurilyapti. Ular arzon elektr quvvati ishlab chiqarish imkonini beradi. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/MBqrZceWpeA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muallif: Muhammadjon Obidov

Tasvirchi: Elyor Olimov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan: Elektr quvvati yetkazishda uzluksizlik ta’minlanadi (+video)