FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 80-umumta’lim maktabida «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! Najot-ta’limda, najot-tarbiyada, najot- bilimda» mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
Maktab-oila-mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda bugungi murakkab davrda o‘sib kelayotgan avlodni turli illatlardan himoya qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bunda jamoatchilikning o‘rni va ta’sirini kuchaytirish haqida so‘z bordi.
Davlatobod tuman hokimi A. Tojimirzayev o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish, tarbiyasi va o‘qishida muammo bo‘lgan o‘g‘il-qizlar ota-onalari maktab hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda ishlashi hayotiy zarurat ekaniga e’tibor qaratdi. Bu bo‘yicha maktab direktorlari va mahalla raislarining hisobotlari, fikrlari tinglandi.
[gallery-15994]
O‘zining namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchi- yoshlar va ularning ota-onalariga tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA