Nagoyada Osiyo o‘yinlari oldidan kurash musobaqasi o‘tkaziladi
Ma’lumki, joriy yilning 19-sentabr - 4-oktabr kunlari Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahri XX yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Aytish lozim, 45 ta mamlakat vakillari ishtirokida 41 ta sport turi bo‘yicha kechadigan o‘yinlar dasturidan milliy sportimiz kurashning o‘rin olgani e’tiborli voqelik.

Kuni kecha XIX yozgi Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi Yaponiyaning Nagoya shahri shu yil 1–5-iyun kunlari qit’a o‘yinlari dasturiga kiritilgan kurash bo‘yicha test musobaqasini qabul qilishini e’lon qildi.
Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo zonasi uchun mo‘ljallangan ushbu turnir mintaqadagi yetakchi sportchilarni bir maydonga jamlaydi.
Musobaqa Yaponiya kurash federatsiyasi tomonidan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi nazorati ostida tashkil etiladi.
Osiyo o‘yinlari oldidan sinov musobaqalari mintaqada kurash sportini yanada rivojlantirish va Osiyo o‘yinlari oldidan tashkiliy va texnik tizimlarni amaliyotda sinovdan o‘tkazish imkonini taqdim etadi.
Musobaqada Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy Taypeyi, Vetnam va Tailand sportchilari ishtirok etishi belgilangan.
Bellashuvlar Osiyo o‘yinlari standartlariga muvofiq erkaklar o‘rtasida -66, -81, +90 kilogrammda, ayollar -57, -78, +87 kilogramm vazn toifalarida o‘tkaziladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA