“Nafasov haqiqati” tiklandi
Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi prezidentligi lavozimi atrofida gap-soʻzlar urchigan edi. Yaʼni, oʻtgan 11 oy davomida Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi ikkiga boʻlingan holda faoliyat yuritib kelayotgandi.
Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi prezidentligi lavozimi atrofida gap-soʻzlar urchigan edi. Yaʼni, oʻtgan 11 oy davomida Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi ikkiga boʻlingan holda faoliyat yuritib kelayotgandi.
Gap shundaki, 2018-yil 26-sentyabr kuni goʻyoki federatsiyaning navbatdan tashqari konferensiyasi oʻtkazilib, unda Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi prezidenti etib Alamjon Mullayev saylangani haqida xabarlar tarqaldi. Federatsiyaning amaldagi prezidenti Nurxon Nafasov vazifasidan ozod etilgandi.
Oradan 11 oy oʻtib “Nafasov haqiqati” tiklandi.
Joriy yil 27-avgust kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan hal qiluv qarorini chiqardi.
Qaror mazmuniga koʻra, Nurxon Nafasovning javobgar Nurmuxumbet Iminov, Alamjon Mullayevga nisbatan yigʻilish bayonnomasi va qarori, lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qilish haqidagi daʼvo arizasi qanoatlantirildi.
Yaʼni, sud tomonidan Oʻzbekiston karatae milliy federatsiyasining 26.09.2018-yildagi yigʻilish bayonnomasi va qarori haqiqiy emas, deb hisoblandi hamda 27.09.2018-yildagi N.Nafasovni Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi prezidenti lavozimidan ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruq gʻayriqonuniy, deb topildi.