Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida Qarshi davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Nafas Shodmonovning “Vatan – sarmanzili saodatimdir!” deb nomlangan ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi.

Unda taniqli ijodkorlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.  

Ijodiy kechada O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi I.To‘rayev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professorlari N.Jabborov, U.Jo‘raqulov, Muqimiy nomidagi akademik musiqali drama teatri bosh rejissyori D.Haqberdiyev va boshqalar qahramoning ilmiy, adabiy, dramaturglik faoliyati, umr yo‘li, chin insoniy fazilatlari haqida to‘xtaldi.  

Shundan so‘ng N.Shodmonovning hayoti va ijodi haqida videolavha namoyish etilib, she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar ijro etildi.  

Tadbir davomida viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan ijodkor qalamiga mansub “Abu Muin Nasafiy”, “Oqsaroy” va “Qobil ila Hobil” asarlari asosida sahnalashtirgan spektakllardan parchalar namoyish etildi.  

Ayniqsa, ijodiy kecha mehmonlaridan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari sohibi Turg‘un Beknazarov, “Madaniyat va san’at fidokorlari” ko‘krak nishoni sohiblari Nurbek Mamatov hamda Gulasal Rahmonovaning “Baxshi” musiqali dramasidan kichik ko‘rinishlarni mahorat bilan ijro etganliklari tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nafas Shodmonov ijodi e’tirof etildi