Myanmada harbiy transport samolyoti halokatga uchradi
Myanma harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy transport Mandalay shahriga uzoq bo‘lmagan tog‘li hududda halokatga uchradi. Myanmadagi "Iravadi" muxolifatchi yangiliklar portalining ma’lum qilishicha, halokat tufayli 12 kishi qurbon bo‘lgan.
Portalning yozishicha, fojia Pin-u- Lvin tog‘li tumanida joylashgan harbiy baza yaqinida sodir bo‘lgan. Samolyot bortida 16 kishi bo‘lgan, ulardan 12 nafari halok bo‘lgan.
Shuningdek, xabarda shu kuni ob-havo sharoiti juda yomon bo‘lgani, samolyot bortida yuqori lavozimli harbiylar bo‘lishi mumkinligi haqida ham aytilgan.